Seshanba, 30-sentyabr, 2014 Toshkent vaqti: 20:50

Markaziy Osiyo

Qirg'izistonda tasviriy san'at: Ijod va tirikchilik muammolari

Qirg'izistonlik rassom Turg'unboy Toshqo'ziyev o'z ustaxonasida
Qirg'izistonlik rassom Turg'unboy Toshqo'ziyev o'z ustaxonasida
Qirg’izistonda tasviriy san’atning qator yo’nalishlari qayta jonlanayotgani kuzatilmoqda. Lekin kuzatuvchilar soha davlat va homiylar ko’magiga muhtojligini ta’kidlaydi. Chunki qo’shimcha daromadi bo’lmagan rassomlarning erkin ijod qilishi qiyin.
 
O’shlik musavvir Turg’unboy Toshqo’ziyevning ijodi yaqinda munosib taqdirlandi. U o’tgan yili Qirg’izistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat arbobi unvoniga sazovor bo’ldi.
Rassom tashlandiq binoda joylashgan eski ustaxonada ijod qiladi. Bu joy kamtarona nafaqa hisobiga kun kechirayotgan ijodkorning istiqomat makoni hamdir.
 
“San’at rivojlanyapti, ammo yashash qiyin, - deydi rassom. - To’rt ming so’m nafaqa olaman. Bo’yoqlar, ramkalar boshqa kerakli narsalar qimmat. Ba’zan qarz olishga to’g’ri keladi. Tirikchilik uchun qorovullik qildim, ko’cha supurdim. Unvon olgandan keyin qorovullik qilgan joyimga borsam, kulishdi, “qorovulga ham unvon berarkanmi”, deb. Ular mening asarlarimni bilishmaydi-da”.
 
O’z davrida Qirg’izistonda tasviriy san’atning turli yo’nalishlari, ayniqsa, rangtasvir ancha taraqqiy etgan. Sobiq Ittifoq parchalangach, san’atning eng jabr tortgan sohasi aynan tasviriy san’at bo’ldi. Ammo so’nggi yillarda rassomchilik inqirozdan chiqayotgani ko’zga tashlanmoqda.
 
O’sh Davlat universiteti professori san’atshunos Tamara Qadirbayevaning aytishicha, bu sohada keyingi yillarda bir qator ijodiy muvaffaqiyatlarga erishildi.
 
“Umuman olganda, sovetlar davridan buyon san’at tarixchilari O’sh rangli tasvir yo’nalishini urg’ulab keladi. Va albatta, o’lkamizning rang-barang madaniyatini hisobga olgan holda xalq hunarmandchiligi, xalq amaliy ijodini rivojlantirishimiz kerak. Bu ikki yo’nalish azaldan san’atimizda yetakchilik qilgan”, - deydi professor.
 
Olimaga ko’ra, hozirgacha Qirg’izistonda madaniyat sohasida davlat siyosati shakllanmagan, shunday bo’lsa-da, tasviriy san’at oyoqqa tura boshlagan. Ayni paytda mo’yqalam sohiblari ijodni davom ettirish uchun qo’shimcha daromad qidirishadi. Kimdir tadbirkorlik, kimdir ustachilik bilan mashg’ul.
 
Yosh ijodkorlar zamonaviy texnologiyalar orqali o’z asarlarini dunyo sahnasiga olib chiqishga urinmoqda. Ayni paytda xorijiy ijod uyushmalari qirg’izistonlik rassomlar asarlarini to’plamlarga kiritishga ko’mak bermoqda.
 
“Yosh ijodkorlarimizning o’z saytlari bor, - deydi Tamara Qadirbayeva. - Masalan, o’shlik grafika ustasi Anatoliy Tsibuxning asarlarini, menimcha, yarim million odam Internet orqali tanisa kerak”.
 
Mutaxassislar fikricha, Qirg’izistonda san’atni, jumladan, tasviriy san’atni rivojlantirish uchun davlat dasturi ishlab chiqilishi lozim. Birinchi navbatda ijodkorlar uchun shart-sharoit, moddiy ta’minot masalalari hal qilinishi lozim, deydi ular.
 
O’shlik rassom Turg’unboy Toshqo’ziyev sohaga davlat va homiylar ko’magi zarurligini ta’kidlaydi.
 
“Rassomlar juda kamtarona odamlar bo’ladi, - deydi u. - Shu bois ularga biron odam yoki tashkilot yo’l ko’rsatishi kerak, aytaylik, asarlarni dunyoga tanitishda. Bu borada san’atshunoslar, ommaviy axborot vositalarini ham jalb etish lozim”.
 
San’atshunos professor Tamara Qadirbayeva nazarida, o’kaning janubida alohida san’at oliy o’quv yurtini ochish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bu hududning madaniy merosini o’rganish va boyitish yo’lida keng inkoniyatlar ochadi, deydi u.
 
“Shunday institut ochib, yarmi musiqaga, yarmi badiiy ijodga berilsa, yaxshi bo’lardi. Ana o’sha joyda rivojlanish davom etsa, tadqiqotlar, izlanishlar olib borilsa, boy badiiy meros saqlansa”, - deya orzu qiladi professor Tamara Qadirbayeva.
 
Rassom Turg’unboy Toshqo’ziyev ustaxonasini tark etar ekanmiz, yuzlab diqqatga sazovor asarlar chang bosib yotganini ko’ramiz. Aytishlaricha, qirg’izistonlik rassomlarning suratlariga, asosan, xorijlik ixlosmandlar ishqiboz ekan. Vatanda esa xaridor kam, deydi san’atshunoslar.

Qirg'izistonda tasviriy san'at, Ulug'bek Sokin
Qirg'izistonda tasviriy san'at, Ulug'bek Sokini
|| 0:00:00
...
 
🔇
X
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Obama BMT minbarida - "Islomiy davlat" da qarshi kurash Obama/UNGA Islamc Statei
X
29.09.2014 23:12
Har yili sentabr oyi oxirida dunyo rahbarlari Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yillik sammitida yig'ilib, minbarga chiqadi. O'z dardini aytadi. Amerika prezidenti Barak Obama jahon tinchligi haqida gapirar ekan, asosan Rossiya va Islomiy davlatni tilga oldi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Ashraf G'ani( markazda) prezidentlikni qabul qilib olish marosimiga kelmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Prezident Ashraf G'ani Kobuldagi Amani maktabiga tashrif buyurdi, 30-sentabr, 2014-yil.

  • Prezident Ashraf G'ani Kobuldagi Amani maktabiga tashrif buyurdi, 30-sentabr, 2014-yil.

  • Prezident Ashraf G'ani Kobuldagi Amani maktabiga tashrif buyurdi, 30-sentabr, 2014-yil.

  • Abdulla Abdulla bosh vazirlik lavozimini qabul qilib olish uchun tantanali marosimga tashrif buyurmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Sobiq prezident Hamid Karzay o'z lavozimini Ashraf G'aniga topshirish uchun tantanali marosimga tashrif buyurmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Ashraf G'ani (chapda) prezident sifatida qasamyod keltirmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Prezident sifatida qasamyod keltirgan Ashraf G'ani Afg'oniston Oliy sudi raisi Abdul Salom Azimiy bilan qo'l berib ko'rishmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

Fotogalereya

Fotogalereya Ashraf G'ani - Afg'onistonning yangi prezidenti

Uzoq davom etgan saylov mashmashasidan so'ng Ashraf G'ani Afg'onistonning yangi prezidenti deb e'lon qilindi. Saylovda unga qarshi kurash olib borgan Abdulla Abdulla, o'zaro siyosiy kelishuvdan so'ng, yangi hukumatning bosh vaziri etib tayinlandi. Yangi hukumat ishga tushishi bilan Hamid Karzay davrida AQSh bilan tuzilgan xavfsizlik bitimini imzoladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Gonkongda norozilik namoyishlari

Gonkong politsiyasi ko'zdan yosh oqizuvchi gaz qo'llab, namoyishchilarni tarqatishga urinishiga qaramay, aholi ko'chalarni tark etmayapti. Ular Pekinning siyosiy islohotni cheklashga qaratilgan choralaridan norozi.
Fotogalereya

Fotogalereya Ebola epidemiyasi suratlarda

Ebola epidemiyasi kengayishda davom etmoqda. BMT Bosh Assambleyasi yig'inida ham shu mavzuga alohida e'tibor qaratildi.
Fotogalereya

Fotogalereya Varshava, Polsha: O'zbekistonda inson huquqlari va siyosiy mahbuslar

Nyu-Yorkda asoslangan xalqaro tashkilot, inson huquqlari bo'yicha "Human Rights Watch" (HRW) o'zining 121 betlik yangi hisobotida tahlil qilishicha, O’zbekiston inson huquqlari keng ko’lamda poymol etiladigan davlat; so'z va fikr erkinligi faqat qog'ozda; bu huquqlarni amalda qo'llash - qamoq va qiynoq tomon yo'l. Tahlilnoma Varshavada e'lon qilindi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti u yerda inson huquqlari bo'yicha yillik majlisini o'tkazmoqda. Unda O'zbekistonning taniqli huquq himoyachilari Vasila Inoyatova va Mo'tabar Tojiboyeva singari faollar so'zga chiqqan va qamoqxonalardagi vaziyat haqida tanqidiy hisobotlar bergan. Konferensiya doirasida siyosiy mahbuslarning ozod etilishiga chaqiruvchi namoyishlar ham o'tmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Minglab odamlar iqlim himoyasiga otlandi

Yakshanba kuni minglab odamlar namoyishga chiqib, siyosat ahlini iqlimdagi salbiy o'zgarishlarga qarshi dadilroq harakat qilishga chaqirdi.
Fotogalereya

Fotogalereya O'n minglab suriyaliklar Turkiyaga qochayapti

Suriyada "Islomiy davlat" jangari guruhining hamlasi ketidan o'n minglab kurdlar Turkiyaga qochayapti. Anqara qochqinlarni kiritish uchun 19-sentabrda Suriya bilan chegarani ochgan. Hozirning o'zida Turkiyada Suriyadagi urushdan bosh olib ketgan yuz minglab suriyalik jon saqlamoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Jalol-Obod, Arslonbob va O'zgan

Jalol-Obod viloyati bo'ylab sayohat... Shahardan Suzoq qishlog'i tomon boramiz. So'ngra Arslonbob to'glariga chiqamiz va sharsharalar tagida dam olamiz. Qishloqlarni kezamiz. Jamoatchilik bilan muloqotda bo'lamiz. Bozorlar, ko'chalar va hayot. Qirg'iziston janubida shu yilning avgustida olingan suratlarni tomosha qiling. Tafsilotlar mana bu blogda: http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/2014/09/20/jalol-obod-arslonbob-va-ozgandagi-bebaho-lahzalar/
Fotogalereya

Fotogalereya "Islomiy davlat"ga qarshi kurash

Iroq va Suriyadagi "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish jarayoni davom etmoqda. Ko'plab davlatlar o'q-dori va qurollar yetkazish, shuningdek, Iroq va kurd askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o'tkazish ishlarida yordam berishga va'da berdi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI