Shanba, 01-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 01:28

Xalqaro

Turkiya-Suriya chegarasida NATO mudofaa tizimi shay holatda

"Patriot" rusumidagi mudofaa tizimlari, AQSh-NATO-Turkiya hamkorligidagi yangi sistema
"Patriot" rusumidagi mudofaa tizimlari, AQSh-NATO-Turkiya hamkorligidagi yangi sistema

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Yil boshida Turkiya janubi-sharqida AQShda ishlangan va NATO tomonidan quvvatlangan olti mudofaa sistemasi joylashtirildi. Maqsad - Suriyadan kelayotgan xavfni bartaraf etish.

Turkiya-Suriya chegarasidagi NATO mudofaa tizimi/Navbahor Imamova
Turkiya-Suriya chegarasidagi NATO mudofaa tizimi/Navbahor Imamovai
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

“Patriot” deb nomlangan tizimlarni amerikalik askarlar boshqaradi. Ular Turkiyaning Gaziantep shahri yaqinidagi harbiy bazadan o’rin olgan. 
 
Gaziantep Suriya chegarasidan 50 kilometr… Qo’shni davlatda fuqaro urushi avjida. O’tgan ikki yildan beri 70 mingga yaqin odam halok bo’ldi.
 
Suriya qurolli kuchlari uchun asosiy dushman isyonchilardir. Ularni esa Turkiya quvvatlab turibdi. Suriya snaryadlari bir necha bor Turkiyaga tushib, shu kungacha besh kishi o’ldi.
 
G’azabga kelgan Anqara, NATO a’zosi, bu harbiy ittifoqdan yordam so’radi va uning hududida mudofaa tizimlari o’rnatildi.
 
Alyansning Gaziantepdagi qo’mondoni Charlz Brenson deydiki, radar sistemasi ehtimoliy tahdidni darhol aniqlab, NATOga axborot uzatadi. Bir necha sekund ichida javob beriladi.
 
“Bu tizim xavfni filtrdan, elakdan o’tkazadi. Qanchalik jiddiy ekanini ko’rib chiqib, chora ko’ramiz. Javob qaytarishga munosibmi yoki yo’q. Buni aniqlash murakkab, tezlikda amalga oshiriladigan jarayon”,- deya tushuntiradi leytenant-polkovnik Brenson.
 
AQShdan borgan ikki raketa batareyasi, ya’ni tizimi ustida 575 askar xizmat qiladi. Har bir batareyada 48 raketa va ularni otadigan olti moslama bor.  
 
Germaniya va Gollandiya ham har biri ikkitadan raketa batareyasi yuborgan. NATOning qayd etishicha, bu tizimlar hujumkor emas, aynan mudofaa uchun. Shu kungacha biror raketa otilmagan.
 
Kapitan Lesli Dembek deydiki, guruh har narsaga tayyor, ogoh turibdi.
 
“Mashq qilamiz. Xavf tug’ilsa, munosib javob qaytarish uchun shay turishimiz kerak”. 
 
Amerikalik leytenant Meri Joselin missiyani bajarish muqaddas burch deydi. 
 
“Turkiyaga yordam berish uchun keldik bu yerga. Xizmatdamiz. Zarur tayyorgarlikdan o’tgan maxsus bo’linma bu. Nima qilayotganimizni juda yaxshi bilamiz”,- deydi leytenant.
 
Xizmatdagilarning birortasi, hatto qo’mondon ham missiya qancha davom etishini bilmaydi. Suriyada vaziyat kun sayin murakkablashib bormoqda. Ayrim shaharlar butunlay bo’shab qolgan. Qonli janglar ularni qora, tutun bosgan, vayrona maydonlarga aylantirgan.
 
Mana shu dahshatdan atigi bir necha kilometr narida o’rnatilgan G’arb mudofaa tizimi katta kuchdek tuyuladi. Xatoga o’rin va toqat yo’q, deydi qo’mondon Charlz Brenson. AQSh yoki Yevropa Ittifoqidan kelgan kuchlar ruxsatsiz biror qadam tashlamaydi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Urush faxriylari uchun maxsus uylar - Houses for war veteransi
X
31.10.2014 10:03
Iroq va Afg'onistondan 300 mingga yaqin askar majruhlanib qaytgan. AQSh Mudofaa vazirligi yirik bir kompaniya bilan hamkorlikda ularga qulay uylar qurib berishga kirishgan. Ruhan va jismonan nogiron insonlar uchun maxsus imoratlar.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Quddus: arab va yahudiylar orasida to'qnashuvlar

Quddusdagi al-Aqsa masjidi bugun qisman ochiq. Isroil politsiyasi chorshanba kuni inshootni butunlay yopib qo'ygach, Falastin ma'muriyati buni urush e'lon qilishga qiyoslagan edi. Hududda hafta boshida ro'y bergan otishmada avval isroillik ruhoniy jarohatlangan; ketidan politsiya falastinlik bir shaxsni otib o'ldirgan edi. To'polon ko'tarilmasligi uchun musulmon va yahudiylar uchun muqaddas sanalgan masjid va uning atrofini vaqtincha to'sib qo'ydik, deydi Isroil huquq-tartibot xodimlari. 50 yoshgacha bo'lgan erkaklar hududga hamon yo'latilmayapti. G'azoda hukmron HAMAS va Isroil o'rtasida shu yil ro'y bergan ikki oylik urush ortidan yahudiy va falastinliklar munosabati hanuz tarang. Ixtilof 21 mingdan ziyod odam, asosan, g'azolik tinch aholini hayotdan olib ketgan edi.
Fotogalereya

Fotogalereya Burkina Fasoda xalq isyon ko'tardi, prezident ishdan ketdi

G'arbiy Afrikadagi davlat, Burkina Fasoda prezident Bleyz Kompraore 27 yillik boshqaruvdan keyin ishdan ketdi. Mamlakatda o'n minglab odamlar namoyishga chiqib, rahbarning iste'fosini talab qilayotgan edi. Chiqishlar qonli tus olgach, kecha armiya parlamentni tarqatib yuborib, muvaffaq hukumat tuzilishini ma'lum qilgan. 1987-yildan beri Burkina Fasoni boshqarayotgan Kompraore sal oldin parlamentda yangi qonunni olg'a surib, hokimiyatda uzoqroq qolishni ko'zlayotgan edi. Omma bundan norozi bo'lib isyon ko'targan. Sobiq rahbar hozir qayerda ekani, o'rniga kim tayinlanishi hali ma'lum emas. Ayrim manbalarda general Luame Loug vaqtli hukumatga bosh bo'lishi mumkin deyilmoqda. Kecha, payshanba kuni poytaxt Uagaduguda odamlar parlamentga o't qo'yib, boshqa davlat idoralariga bostirib kirgan. Politsiyaning aytishicha, o'lganlar va yaradorlar bor. Xalqni tinchlantirish uchun rasmiylar parlamentda olg'a surilgan konstitutsion o'zgarishlarni va bir necha soat oldin e'lon qilingan favqulodda holatni bekor qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun G'arbiy Afrikadagi bu davlatda vaziyatni xavotir bilan kuzatayapmiz, deydi. Bosh kotib tomonlarni tinchlanishga va zo'ravonlikdan tiyilishga chaqirmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Peshmerga kuchlari Kobaniga yetib keldi

Iroq Kurdistonidan peshmerga jangchilarining bir qismi Suriyaning Kobani shahriga yetib borgan. Ular "Islomiy davlat" jangari guruhiga qarshi kurashda mahalliy kurdlar va xalqaro koalitsiyaga yordam beradi.
Fotogalereya

Fotogalereya Gavayi vulqoni aholi turar joylariga yetib keldi

Gavayida otilib chiqqan vulqon lavalari bir necha hafta o'tib Paxoa shaharchasiga yetib keldi. Sekin harakatlanayotgan lava "daryosi" yo'lda uchragan har qanday narsani kuydirib kulga aylantirmoqda. Shaharcha aholisi xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.
Fotogalereya

Fotogalereya Ebolaga qarshi global kurash

Dunyo bo'ylab Ebolaga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda. Eboladan ogohlik oyligi doirasida turli mamlakatlarda xavfli kasallikka qarshi tayyorgarlik mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Afg'onistondagi missiya nihoyasiga yetayapti

Afg'onistonning Hilmand viloyatidagi yirik harbiy baza mahalliy armiya nazoratiga o'tdi. AQSh va Britaniya qo'shinlari missiyani yakunlab, o'lkani tark etishga hozirlik ko'rmoqda. 2015-yilda Afg'onistonda 12 ming xorijiy askar qoladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Suriya va Iroq

G'arb qo'llab-quvvatlovini olgan kurd jangchilari Turkiya orqali Suriyaga 1300 safdoshini jo'natishga hozirlik ko'rayapti. Iroqda va Suriyada janglar davom etmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Turkiya kurdlari qo'shni davlatdagi urushda o'lgan elatdoshlariga motam tutmoqda

Suriyaning Kobani shahri bir necha kundan beri jang maydoni. "Islomiy davlat" bilan qonli urush ketmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kanada parlamentida otishma, Ottavadan suratlar

Kanada poytaxtida urush qahramonlariga qo'yilgan yodgorlik oldida turgan askar otib ketilgan. Bu inshoot yaqinidagi parlament binosi ham xavf ostida degan ogohlantirishdan keyin evakuatsiya ishlari boshlangan. Harbiy soqchini nishonga olgan shaxs parlament tomon qochdi, deydi guvohlar. Imoratdan o'q ovozlari eshitilgan. Askarni otgan odam politsiya o'qidan o'lgan. Yaralangan askar ham kasalxonada jon bergan.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI