Breaking News

O'zbekiston: Matbuot erkinligi kunida “eng yaxshi” jurnalistga oltin qalam


Xalqaro matbuot erkinligi kuni biz uchun bayram emas, nisbiy erkinlik haqidagi achchiq xotiralar kuniga aylangan, deyishadi o’zbekistonlik mustaqil jurnalistlar.

O'zbekiston: Matbuot erkinligi kunida “eng yaxshi” jurnalistga oltin qalam/Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:09 0:00

So’z erkinligi bo’yicha dunyoda “yomonlarning yomoni” ro’yxatida muqim qolayotgan O’zbekistonda matbuot erkinligi kuni rasman nishonlanadi. Siyosiy-ijtimoiy hayotni yoritishda alohida jonbozlik ko’rsatgan jurnalistlar “Oltin qalam” mukofoti bilan taqdirlanadi. Bu safar ham shunday bo'ldi.

“O’zbekistondagi vaziyatda bu kunni qanday nishonlashni tasavvur qilolmayman, 4-5 yillar avval ehtimol bu mumkin edi”, - deydi mustaqil jurnalist Sid Yanishev.

Unga ko’ra, 3-may O’zbekistonda prezidentni, hukumatni va mavjud siyosatni tinmay olqishlayotgan jurnalistlarni ilhomlantirish ramziga aylangan.

“O’z fikringni ochiq aytish, o’ylagan narsalaring haqida yozish bu haqiqiy erkinlikdir, senga tepadan beriladigan farmoyishlar asosida yozish emas. Hukumat buni tushunmaydi deb aytish qiyin, hammasini yaxshi biladi. Ammo butun mamlakatga bizda so’z erkinligi bor deb jar solib, yolg’on bilan shug’ullanadi. Shu asosda go’yo so’z erkinligi rivojlanishiga munosib hissa qo’shgan eng “yaxshilar”ni mukofotlaydi. Biz ko’rib turibmiz, faqat hukumatni shon-sharaflarga ko’mayotgan jurnalistlargina mukofotlanmoqda, ya’ni xalqaro miqyosda nishonlanayotgan bu sananing mohiyati O’zbekistonda mutlaqo o’zgargan”, - deydi Sid Yanishev.

“Oltin qalam” mukofotini topshirish tantanasi bu yili ham poytaxtdagi Turkiston saroyida bo’lib o’tgan. “Uzreport TV”, O’zbekiston teleradiokompaniyasi, “Xalq so’zi”, “Narodnoye Slovo”, “Pravda Vostoka” kabi nashrlarning muxbirlari taqdirlangan.

Ammo o’tgan yillardan farqli ravishda tadbirda prezident maslahatchisi ishtirok etmagan. “Oltin qalam” sohiblari kimlar ekani haqida matbuotning o’zida ham ma’lumotlar kam.

Ayrim manbalarga ko’ra, “Oltin qalam” doirasida xalqaro tashkilotlar tomonidan ta’sis etilgan qo’shimcha mukofotga sog’liqni saqlash tizimidagi poraxo’rlik haqida yozilgan maqola loyiq ko’rilgan. Lekin uning muallifi topilmagach, sovrin maqola e’lon qilingan “Anhor.uz” nashri muharririga topshirilgan.

Sid Yanishev fikricha, muammo aslida hukumatparast jurnalistlar yoki ularning dabdabali ravishda mukofotlanishida emas, balki O’zbekistonda mustaqil jurnalistika tushunchasi yo’qolayotganida, mamlakatda mustaqil jurnalistlarning o’zi deyarli qolmaganidadir.

“Jurnalistlarga tazyiqlar, bosimlar davomli, muntazam. Bularning hammasiga guvoh bo’lib kelayapmiz. Jurnalist keskinroq bir chiqishidan keyin tegishli idoraga chaqiriladi, siquvga olinadi. O’tgan yili ham bir nechta jurnalist chiqib ketishga majbur bo’ldi, mamlakatdagi vaziyatni yoritib kelgan kam sonli mustaqil nashrlardan biri “uznews.net” o’z faoliyatini to’xtatdi. Bu esa hukumat hamma narsani nazorat qilyotganini, hatto jurnalistlarning shaxsiy yozishmalari ham tekshirilayotganini ko’rsatdi. Bu yil bizni nimalar kutayotgani hozircha noma’lum, har holda hozircha bir nomiga bo’lsa-da bir necha mustaqil jurnalist bor. Ular ehtimol O’zbekistonsiz o’zlarini tasavvur qila olishmayotgani uchun ham chiqib ketishmayotgandir”, - deydi Sid Yanishev.

O’zbekiston jurnalistlarni qamaydigan davlat sifatida ham ko’p tanqid qilinadi. Hozirda 10 ga yaqin jurnalist turli ayblovlar bilan panjara ortida. Xalqaro tashkilotlarning ularni ozod etish haqidagi chaqiriqlari esa natijasiz.

AQSh Davlat departamenti Xalqaro matbuot erkinligi kuni munosabati bilan Vashingtonda o’tkazilgan brifingda uzoq yillardan buyon qamoqda qolayotgan o’zbek jurnalistlaridan biri Muhammad Bekjonni ozod etishga chaqirdi.

“Freedom House”, Ozodlik uyi tashkiloti e’lon qilgan hisobotda O’zbekiston so’z va axborot erkinligi keskin bo’g’ilgan 10 davlatdan biri sifatida qayd etilgan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG