Breaking News

Blyuz ustasi B.B. King olamdan o'tdi

Amerikalik taniqli gitarachi, byuz musiqasiga sayqal bergan afsonaviy xonanda B.B. King 89 yoshida olamdan o'tdi.

Byuz qiroli payshanba tunda Las-Vegasdagi uyida vafot etgan.

Salkam 70 yillik ijodi davomida King blyuz janrini olamga tanitdi, yuzlab xonanda va sozandani tarbiyaladi. U kuchli, ehtirosli ovosi va gitarani chalish uslubi bilan dong taratgan edi.

King 1925-yilda Missisipi shtatida, paxta plantatsiyasida dunyoga kelgan. Avvaliga Tenessi shtati, Memfis shahridagi radioda dijey bo'lib ishlagan. Ana o'sha yillariyoq Beale Street Blues Boy, Bil ko'chasining blyuz ustasi deya tanildi. Shu-shu uni B.B. King deya atay boshlashgan.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG