"Amerika Ovozi" Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio tizimi bo'lib, 45 tilda efirga chiqadi.

1942-yilda tashkil topgan bu axborot vositasi dunyo bo'ylab qariyb 250 million odamga yangilik va ma'lumot yetkazadi.

O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarimizda, shuningdek, internet sahifamizda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyat ham yaqindan yoritiladi.

O'zbek xizmati 1950-yillar oxirida vujudga kelgan. 1973-yildan beri muntazam ravishda ishlab kelayotgan bo'lim Vashingtonda olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab o'z jamoatchi muxbirlariga ega.

XS
SM
MD
LG