Breaking News

AQSh dehqonlari nasha yetishtirishga o'tmoqda


Nasha dalasi
Nasha dalasi

AQSh dehqonlari nasha biznesiga o’zini urmoqda. O’tgan yili giyohvand moddaning bu turini yetishtirish va sotishga ruxsat berildi. 2025-yilgacha marixuana bozori besh baravar oshishi kutilmoqda. Ammo bu sohaning nozik jihatlari ham bor.

Michigan shtatidagi bu oila nashadan yuqori hosil olishga umid qilmoqda.

“2018-yil dehqonchilik qonuni qabul qilindi. Shundan so’ng nasha ekish boshlandi”, - deydi dehqon Kiyt Hegen.

Kiyt Hegen ikki akasi bilan 2019-yil nashachilik fermasiga asos soldi. Bu yil 137 gektarga shu o’simlikni ekdi.

“Ham hayajon, ham xavotir bor. Jarayonning har bir bosqichida his-hayajon bilan yuzlashyapmiz”, - deydi dehqon.

Nasha va marixuana bir xil o’simlik. Farqi ularning kimyoviy tarkibida. Nashada THC nomli kayf beruvchi modda ancha kam, lekin bu farqqa qaramasdan, marixuananing barcha turlari 81 yil taqiq ostida bo’lgan.

“Bu yangi soha. Uni ishlab chiqarishni hali to’la tushunganimiz yo’q. Lekin u AQSh qishloq xo’jaligi iqtisodiyotining bir qismiga aylanishiga ishonaman”, - deydi yana bir dehqon Endryu Bleyk.

Bu o’simlikdan ko’plab sohalarda foydalanish mumkin.

“Nashaning o’ziga xos jihatlaridan biri shuki, uni qurilishdan tortib plastik va qog’oz ishlab chiqarish, protein va qushlar oziq-ovqatida ham ishlatish mumkin. Undan millionlab maqsadda foydalanish mumkin”, - deydi Bleyk.

Bir necha avloddan beri yetishtiriladigan an’anaviy ekinlardan farqli o’laroq, nasha dehqonlar uchun yangilik.

“O’stirish oson emas, lekin an’anaviy ekinlarga qaraganda serdaromad. Samaradorlikni oshirish uchun yangi texnologiya va uslublar paydo bo’ladi”, - deydi dehqonlar uyushmasi vakili Deyv Krebil.

Endigi muammo mahsulot uchun xaridor topish. Shuningdek, hosilni yig’ishdan oldin laboratoriya ruxsatnomasini olish kerak. Agar o’simlik tarkibida THC miqdori 0,3 foizdan yuqori bo’lsa, ekinzor yo’q qilinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG