Breaking News

Rossiyaning Ukrainaga doir soxta xabarlari qanday mavzularni qamrab oladi?


Rossiya Ukraina haqida tarqatayotgan feyk xabarlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:08 0:00

Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi ortidan rus matbuoti Ukraina haqida soxta xabarlar tarqatishni sezilarli darajada kuchaytirgan, deydi tahlilchilar. Rossiya mediasidagi mavzular, ilgari surilgan ayrim g’aroyib da'volarga nazar tashlasak.

Quyidagilar Rossiya Ukraina haqida chop etgan soxta xabarlarning ayrimlari:

“Kiyev yosh bolalarni jangga jo‘natmoqda”, “Ukraina homilador ayollar uchun zirhli nimchlalar ishlab chiqqan”, “ukrainalik qochqin onalar Shveytsariya bunkerlarida dunyoga keltirayotgan bolalarini sotmoqda”, “Rossiyaga qarshi kurashni istamaganlar uchun Odessa yaqinida konslager tashkil etildi".

Bular Rossiya OAVlaridagi xabar va maqolalar sarlavhalari, deya xabar beradi Ukrainaning “StopFake” sayti.

Fakt-cheking sayti hammuassisi Yevgeniy Fedchenkoga ko’ra, tarqatilayotgan ma’lumot qanchalik g’alati bo’lmasin, uning yolg'onligi fosh etilishi kerak.

“Ularning asosiy maqsadi - soxta xabarlarni iloji boricha ko'proq tarqatish. Aslida nima bo’layotganini anglashga imkon qoldirmaslik uchun o'z auditoriyasiga barcha platformalardan hujum qilish. Media makonini “soxta xabarlar” bilan to'ldirishdir”, - deydi Fechchenko.

Unga ko’ra, 2023-yilda Rossiya soxta xabarlari ko’proq front chizig'i va G'arbning Ukrainaga yordamini qamragan.

“Eng yirik qismi G'arbning Ukrainaga bo'lgan ishonchini susaytirishga qaratilgan edi. Ukrainani ishonchsiz qilib ko’rsatish, uni tashqi yordamdan uzish Rossiyaning siyosiy va harbiy maqsadlariga to‘g‘ri kelishi shubhasiz”.

Fedchenkoning aytishicha, rus matbuoti G‘arb Ukrainaga nosoz qurol-aslaha yetkazayotgani, ukrainlar ulardan foydalana olmayotgani, Rossiya ularni bir zumda yo‘q qilayotgani haqida son-sanoqsiz yolg’on maqolalar tarqatgan.

“F-16 harbiy uchog’ini ruslar urib tushirgani haqidagi sarlavhaga ko’zimiz tushdi. Vaholanki, sal avval Rossiya ukrainlar bu samolyotni boshqarishni bilmaydi deb maqola nashr qilgandi. Bilishsa ham, bu hech narsani o'zgartirmaydi, deyishgandi. F-16 hali bizga yetib kelmasidan urib tushirishganmish”, - deya hayratini yashirmaydi Fedchenko.

Soxta xabarlarni tayyorlashda Rossiya o'tgan yili sun'iy intellektdan ham foydalangan. Soxta videolardan birida Ukraina qurolli kuchlari rahbari davlat to‘ntarishiga chaqirayotgani, ikkinchisida esa prezident Zelenskiyning rafiqasi bilan suhbati tasvirlangan. Hech biri haqiqiy emas.

“Ushbu soxta videolar sun’iy intellekt Zelenskiyning nutqini o’xshata olishini ko'rsatdi, lekin uning rafiqasiga kelganda ish bermagan, chunki u ko’p nutq so'zlamagan. Natijada biz Zelenskiy negadir rus tilida gaplashayotganini, rafiqasi esa unga siniq ukrain lahjasida javob berayotganini ko'ramiz. Hammasi soxta”, - deydi “Stop Fake” sayti hammuassisi.

Fedchenko Rossiya propagandasiga qarshi kurashish uchun jamoasi bilan barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini aytadi, biroq uni to’liq qamrash amri mahol.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG