Prezident Bush Saudiya Arabistoni Qirolligi valiahdi shahzoda Abdulloh bilan uchrashdi


Prezident Bush dushanba kuni Texasdagi ranchosida Saudiya Arabistoni Qirolligi valiahdi shahzoda Abdullohni qabul qilib, xalqaro terrorga qarshi kurash va neft bo'yicha bir qator masalalarni muhokama etdi. Neft narxi jahon bo'ylab nihoyat ko’tarilganligini nazarga tutgan holda, prezident Bush neftga boy mamlakatlarda qoramoy qazib chiqarilish hajmini orttirishni so'radi.

Saudiya Arabistoni hukumati yaqinda qabul qilgan qarori bo'yicha, ishlab chiqarilgan neft miqdorini kelasi to’rt yilda o'ttiz foizga ko’paytirishga va'da bergan edi. Hozirda savdo birjasida neftning bir barelli 55 dollar turadi.

Bush bilan Abdulloh o’rtasidagi uchrashuvda, shuningdek, Yaqin Sharqda tinchlikni tiklash va demokratiyani ildamlashtirish masalalari ham muhokama etildi.

Shahzoda Abdulloh yakshanba kuni AQSh vitze prezidenti Dik Cheyni bilan Dallas shahrida uchrashgan edi. Biroq uchrashuv tafsilotlari haqida ma'lum qilinmadi.

XS
SM
MD
LG