Breaking News

Prezident Bush energetika va ijtimoiy ta'minot borasida yangi takliflar kiritdi


Prezident Jorj Bush o'zining energetika va AQShning "ijtimoiy ta'minot" deb tanilgan federal nafaqa tizimi borasidagi takliflarini kengroq ommaga tanitish maqsadida maxsus matbuot anjumani o'tkazdi.

Prezidentning aytishicha, uning energetika siyosatidagi taklifi yonilg'ining yuqori narxlarini tushirishga va AQShning chet neftiga bo'lgan bog'liqligini kamaytiradi. Energetika sohasidagi ayrim qonun-qoidalarni yumshatish, moliyaviy inqiroz xavfiga qarshi sug'urtalangan kompaniyalarni atom elektr-stantsiyalarini qurishga undash, gibrid hamda neftdan boshqa yonilg'ida yuradigan avtomashinalar egalaridan olingan soliqni kamaytirish, AQShning yopiq holdagi harbiy bazalari hududlarida neftni qayta ishlab chiqarish zavodlarini qurish prezident Bushning kiritgan takliflari jumlasiga kiradi. Mutaxassislarning fikricha, AQShda neftni qayta ishlab chiqarish imkoniyatining pastligi benzin narxlarining yuqorilgiga yana bir sababdir.

Hozirda prezident kiritgan takliflar Kongressda turli bahs va munozarlarga sabab bo'lmoqda. Demokratlar prezidentning tabiiy muhitga juda sezgir bo'lgan Alyaskada neft quduqlarini kovlash va neft ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning soliqlarini yengillashtirish kabi takliflariga qarshi chiqmoqdalar.

"Ijtimoiy ta'minot" tizimi AQSh hukumatining nafaqalar dasturiga kiradi. U 70 yil ilgari AQSh kuchli iqtisodiy va moliyaviy inqirozga uchragandan so'ng amaliyotga kiritilgan bo'lib, unga ko'ra davlat xizmatchilari maoshlarining ma'lum bir qismi nafaqa hisobiga o'tadi. Uning hisobidan nogiron va pensiyaga chiqqan xizmatchilarga yoki ularning vafotidan so'ng oila a'zolariga nafaqa to'lanadi.

Prezident Bushning taklifiga ko'ra, "ijtimoiy ta'minot" tizimi xususiylshtiriladi va yoshroq xizmatchilar o'zlarining nafaqaga ajratilgan mablag'larini birja bozoriga qo'yishlari mumkin bo'ladi. Biroq prezident taklifi tanqidchilari, uni ishlab chiqqanda qimmatbaho qog'ozlar bozorining barqarorsizligi hisobga olinmagan, deydilar.

XS
SM
MD
LG