Breaking News

Kondoliza Rays O'zbekistonga bormaydi


10-13 oktyabr kunlari AQSh Davlat kotibi Kondoliza Rays Markaziy Osiyoga safar qiladi. Rays xonim boradigan respublikalar ro’yxatida O’zbekiston ma’lum sabablarga ko’ra yo’q.

Andijon voqealaridan keyin ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalar asta-sekin yomonlasha borgan. Yaqinda Toshkentga safar qilib, prezident Karimov bilan uchrashgan Raysning yordamchisi Daniel Frid nazarida, Raysning so’nggi to’rt yil ichida mintaqaga ilk safari davomida Toshkentga bormasligi tabiiy qarordir.

O’zbekiston AQShning Andijon voqealari bo’yicha mustaqil tergovni o’tkazish talabini hamon rad etib kelmoqda. Tashrifi davomida Kondoliza Rays Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston va Afg’onistonda bo'ladi.

XS
SM
MD
LG