Markaziy Osiyo xabarlari-19 yanvar


TURKMANISTON

AQSh Davlat kotibining muovin yordamchisi Met Brayza Turkmaniston prezidenti bilan uchrashar ekan, Turkmaniston Yevropaning energiya xavfsizligida muhim rol o’ynashi mumkin deya ta’kidladi. INTERFAX axborot agentligining xabar berishicha, o’tgan hafta Ashgabatga safar qilgan AQSh diplomati Turkmaniston bilan hamkorlik istiqbollari haqida muzokara olib borgan. Niyozov va Brayza global xavfsizlik va barqarorlikni saqlash borasida ham suhbatlashganlar.

QOZOG’ISTON

Qozog’istonning KEGOS JSC kompaniyasi vakillari Bishkekdagi hamkorlari bilan uchrashib, ikkala mamlakat orasida ishonchli va uzluksiz elektr energiyasi ta’minoti borasidagi kelishuvni muhokama qildilar.

Qozog’iston axborot agentligining ma’lum qilishicha, kelishuv asosida energiya boyliklarini qayta isloh qilish va o’tkazgichlarni almashtirish masalasi ham muhokama qilindi.

Ma’lumki, bugungi kunda Qozog’istonning To’ktagul gidro-elektr stantsiyasi ishlab chiqarayotgan energiya, Markaziy Osiyoning 500 kvatlik tizimi orqali O’zbekistondan o’tib, Qirg’izistonning shimoliy hududlarini elektr quvvati bilan ta’minlaydi.

TOJIKISTON: BBC radiosi to'xtatildi

Tojikiston hukumati BBC radiosining mahalliy xizmati faoliyatini to’xtatdi. Bu harakat G’arb diplomatlari nazarida Markaziy Osiyoda matbuot erkinligi xavf ostida ekanidan dalolatdir.

Reyter axborot agentligining xabar berishicha, 10 yanvar kunidan binoan BBC xizmatining vaqtinchalik yo’pilishiga asosiy sabab, Tojikiston hukumatining FM to’lqinlarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy radio stantsiyalar mamlakatning Adliya vazirligidan ro’yxatga o’tishi borasidagi qonunni joriy qilganligidadir.

BBC rasmiylarining bergan bayonotiga ko’ra qayta ro’yxatdan o’tish uchun berilgan 20 kunlik muxlat haqiqatdan yiroqdir, sabab xujjatlarni tayyorlashga ketadigan odatiy jarayon olti oygacha boradi.

Britaniyaning Dushanbedagi elchixonasi Tojikiston Tashqi ishlar vazirligidan bu borada aniqlik kiritishni so’ragan.

Britaniyaning Tojikistondagi elchisi Grem Lotenning fikricha,

BBC xizmati faoliyati tushunmovchilik sabab to’xtatilgan. Masalaning eng maqbul yechimi, deydi elchi, Tojikiston hukumati tomonidan BBC dasturlarning yana qayta efirga chiqishiga ruxsat berilishidir.

Parranda go'shti savdosi taqiqlandi

Tojikiston Bosh veterinari Mulojon Amirbekovga ko’ra, mamlakatda parranda go’shti savdosi ta’qiqlanadi.

Rossiyaning REGNUM axborot agentligining xabar qilishicha, respublika Sog’liqni saqlash vazirligi mamlakatda parranda grippini tarqalmasligi uchun shunday qarorga kelingan.

Amirbekov mamlakatning Qishloq xo’jalik vazirligi bilan hamkorlikda, Rossiya, Qozog’iston, Ruminiya, Moldova va Turkiyadan parranda mahsulotlarini import qilishni ta’qiqlovchi qaror qabul qilinganini ham ta’kidlab o’tgan. Tojikiston parrandachilik fermalarida ham parranda mahsuloti savdosini to’xtatish borasida resolyutsiya qabul qilinmoqda. Bugungi kunga qadar mamlakatda, parranda grippi bilan bo’gliq holatlar qayd qilinmagan.

XS
SM
MD
LG