OAV faoliyati tog'risidagi qonunga o'zgartirishlar kiritilmoqda


O`zbekistonda Ommaviy axborot vositalari haqidagi qonunning yangi tahriri qabul qilinish arafasida. Rasmiy ma’lumotlarga ko`ra, yangi qonun tahririni qabul qilishga O`zbekiston jamoatchiligida kechgan liberal o`zgarishlar ehtiyoj tug`dirgan. Mustaqil kuzatuvchilarga ko`ra esa, OAV haqidagi yangi qonun mamlakatdagi so`z erkinligini yanada cheklaydi.

O`zbekiston Ommaviy axborot vositalari haqidagi yangi qonun loyihasi Matbuot va axborot davlat agentligi mutaxasislari tomonidan tayyorlangan. Loyiha hozirda O`zbekiston Oliy Majlisiga taqdim etilgan va Oliy Majlisning qonunchilik palatasida birinchi o`qishda ma'qullangan.

O`zbekiston Oliy Majlisining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari Qo`mitasi raisi Xurshid Do`smuhammadga ko`ra O`zbekiston jamoatchiligida kechgan liberal o`zgarishlar sabab OAV haqidagi qonunga o`zgartirishlar kiritish ehtiyoji tug`ilgan.

“Ana shundan kelib chiqib, bir nechta, bizning sohamizga doir bo`lgan qonunlarga o`zgartirish kiritilayapti. Ayrimlari yangidan qabul qilinayapti. Ayrimlariga tuzatish va o`zgartirishlar kiritilayapti,"-deydi Xurshid Do'stmuxammad.

"Albatta, radiotinglovchilarimizda savol tug`ilishi mumkin - aynan qanday o`zgarishlar deb. Ma'lumot sifatida aytadigan bo`lsam, qo`mitamiz tomonidan yalpi majlisga tadqim qilingan bir nechta qonunlarimiz birinchi o`qishda qabul qilindi. Hozir birinchi o`qishda qabul qilingan qonunlarni moddama - modda o`zgartirish ustida jiddiy ish olib borilayapti”, - deydi Xurshid Do`stmuhammad.

O`zbekiston Oliy Majlisining Axborot va kommunikatsi texnologiyalari qo`mitasi raisiga ko`ra bunga turli mutaxassilar, ekspertlar jab etilgan, hozircha kritilgan o`zgarishlar haqida gapirishga erta, muhokamalar davom etmoqda. Muhokamalarda xalqaro ekspertlarning maslahatlaridan ham foydalanilmoqda.

Mustaqil kuzatuvchilar esa O`zbekistonda OAV haqidagi qonunning yangi tahrirrini qabul qilishdagi boshqa ehtiyojlar haqida gapirishadi.

Mustaqil kuzatuvchi Alimardon Annaevning mulohazalariga ko`ra bunga O`zbekistondagi bugungi vaziyat, jumladan Andijon voqelaridan keyingi holat sabab bo`lgan.

“Hozirgi parlament qattiq topshiriq olgan. O`zbekistondagi beshta qonun bo`lsa, shuni hammasini ko`rib chiqish haqida. Bir narsa aniq - avval hamma qonunlarning oxirgi bandida agar jurnalistni, ommaviy axborot vositasini huquqi Konstitutsiyaga zid ravishda buzilsa, xalqaro me'yorlar asosida ko`rib chiqilishi mumkin. Ya'ni O`zbekiston imzo chekkan xalqaro paktlar mavjud. Shuning uchun ham ular qonunga kiritilgan. Ertaga O`zbekiston shulardan, GUAMdan chiqqani kabi chiqib ketadi”, - deb ta`kidlaydi kuzatuvchi.

Shuningdek, Alimardon Annaevga ko`ra yangi qonunda O`zbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro ommaviy axborot vositlarni ro`yxatga olish tartibi ham o`zgarishi mumkin.

Annaevga ko`ra hozirda bu vakolat Adliya vazirligiga topshiriladimi yoki O`zbekiston tshqi ishlar vazirligining o`zida qoladimi muzokoralar bormoqda.

Birinchi o`qishda qabul qilingan loyihada O`zbekistonda faoliayt yuritadigan xalqaro ommaviy axborot vositalarining ro`yxatdan o`tkazilish tartibi, ilova sifatida chop etilayotgan nashrlarning matbuot agentligi tomonidan ro`yxatdan o`tkazilishi, jurnalistlarning maqomi, faoliyatlarini himoyalash haqidagi moddalarga o`zgartirishlar kiritish ko`zda tutiladi.

Hozirda qonun loyihasi jurnalistlar orasida tarqatilmoqda va O`zbekiston OAV haqidagi qonunning yangi loyihasini muhokamasi davom etmoqda. Muhokomada respublikada mavjud partiyalarga qarashli ommaviy axborot vositlaridan vakillar qatnashishiga urg`u berilgan.

XS
SM
MD
LG