Kuzatuvchilar Putinning so'nggi bayonotini mavhum deb baholadilar


Rossiya prezidenti Vladimir Putin o’zining kechagi matbuot anjumanida 2005 yilning 13 mayida Andijonda yuz bergan qonli voqealarga to’xtalib o’tdi. Putinning aytishicha, u Andijonda aslida nima bo’lganini boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Amerikalik jurnalist tomonidan Putinga berilgan savol Andijon voqealaridan so`ng diktatura rejimiga asoslangan O`zbekistonni qo`llab-quvvatlsh demokratik pozitsiyalarga qanchalik to`gri kelishi haqida edi.

Vladimir Putinga ko`ra Andijonda qanday voqealar bo`lgani ularga boshqalardan ko`ra ko`proq ayon.

“O`zbekistondagi xususan mazkur shahardagi vaziyatni izdan chiqargan odamlarni kim, qayerda va qancha miqdorda tayyorlaganligini biz bilamiz. Bu O`zbekistonda muammolar juda ko`p ekanligini ko`rsatadi, biroq bu bizning mamalakatdagi vaziyatni o`zgartirishimiz mumkinligi imkoniyatini ham rad etmaydi. Siz Farg`ona vodiysi nima ekanligini bilsangiz kerak. U erdagi vaziyatni qanchalik murakkabligini bilasiz. Bizga Markaziy Osiyoda ikkinchi Afg`oniston kerak emas. Biz nihoyatda ehtiyotkorlik bilan harakat qilamiz. Bizga u yerda inqilob emas, rivojlanish kerak”, - dedi Putin.

Rossiya prezidentining fikri o`zbekistonlik kuzatuvchilarda qator savollar uyg`otmoqda.

Siyosatshunos Farxod Tolipovga ko`ra Putinning bayonotlari mavhum. “Agar Putinda O`zbekistondagi voqealar qanday guruhlar tomonidan amalga oshirilgani haqidagi aniq ma’lumotlar bo’lsa, bu haqda mavhum bayonotlar qilish emas, ochiq aytishi kerak edi”, - deydi Tolipov.

Shuningdek, Putining malakatdagi vaziyatni o`zgartirish uchun ehtiyotkorlik bilan harakat qilinishi haqidagi fikrlari ham siyosatshunosga ko`ra oydin emas.

“Bu degani biz demokrtaik islohotlarni sekinlashtiramiz, to`xtataib qo`yamiz deganimi?”, - deb ta’kidlaydi siyosatshunos.

Mazkur bayonot 31 yanvar kuni Rossiya prezidentining har yili ana`naviy tarzda jurnalistlar bilan o`tkaziladigan matbuot anjumanida bildirildi.

XS
SM
MD
LG