Xillari Klinton: "AQSh Erondagi vaziyatni kuzatadi"


AQSh Davlat kotibasi Xillari Klintonning aytishicha, Eronda prezident saylovlarida berilgan ovozlarning bir qismi qayta sanalgan bo'lsada, saylovchilarning hukumatga ishonchi yo'q. Vasiylar Kengashi munozaraga nuqta qo'yildi deb, Mahmud Ahmadinejodni to'laqonli prezident eitb e'lon qilgan.

Xillari Klinton Eronda 10 foiz ovozlarning qayta sanalishi saylovchilarning ko'plab savollariga munosib javob bo'lmagan va mamlakatda saylov natijalari bilan bog'liq taranglikka barham bermagan deydi.

"Xalqning saylov tizimiga ishonchi yo'qolgan. Cheklangan ovozlarni qayta hisoblash bilan buni tiklab bo'lmaydi. Odamlarga erkin fikr bildira olishi lozim," deydi Klinton.

Eronda namoyishlarning bostirilishi AQShning bu davlat bilan yadro dasturi bo'yicha umid qilinayotgan muzokarasiga ta'sir qiladimi degan savolga Klinton aniq javob bermagan.

"Qo'shma Shtatlar vaziyatni diqqat bilan kuzatadi. Siyosatimiz Amerika manfaatlariga javob berishini ta'minlaymiz. Chunki bu masalada biz hamisha AQSh qadriyatlari, maqsadlari va manfaatlarini ustun qo'yganmiz. Eronning yadro davlatiga aylanishiga yo'l qo'ymaymiz," deydi Klinton.

XS
SM
MD
LG