Ashraf G'ani Afg'onistonda prezident etib e'lon qilindi

  • Amerika Ovozi

Afg'onistondagi saylovlarda qatnashgan ikki asosiy nomzod Abdulla Abdulla (chapda) va Ashraf G'ani qo'shma hukumat haqida bitim imzolagandan so'ng quchoqlashmoqda, Kobul, 21-sentabr, 2014-yil

Afg'onistondagi saylovlarda qatnashgan ikki asosiy nomzod Abdulla Abdulla (chapda) va Ashraf G'ani qo'shma hukumat haqida bitim imzolagandan so'ng quchoqlashmoqda, Kobul, 21-sentabr, 2014-yil

Afg'oniston Mustaqil saylov komissiyasi Ashraf G'ani Ahmadzoyni 14-iyunda o'tgan prezident saylovlarining g'olibi sifatida rasman e'lon qildi.

Afg’onistonda prezidentlikka da’vo qilgan ikki asosiy nomzod bir necha haftalik tortishuvlardan so’ng milliy birlik hukumatini tuzishga kelishib oldi.

Bitimga ko’ra, saylovlarda eng ko’p ovoz to’plagan Ashraf G’ani prezident bo’ladi, unga boy bergan, ammo mag’ubiyatini tan olishni istamagan Abdulla Abdulla uchun yangi rahbarlik lavozimi ta’sis etiladi. U davlatni boshqarishda prezident bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Ashraf G’ani 2001-yildan beri prezidentlik qilgan Hamid Karzayning o’rniga kelmoqda. Aytish joiz, Afg’onistonda o’zbeklar sardori general Abdul Rashid Do’stum birinchi vitse-prezident bo’ladi, ammo bu Abdulla uchun ta’sis etilayotgan yangi lavozimdan pastmi, baland, hozircha ma’lum emas.

Mustaqil saylov komissiyasi kelasi hafta 14-iyunda o’tgan saylov natijalarini nihoyat e’lon qilishi kutilmoqda.

Xabarlarga ko’ra, G’ani bir hafta ichida qasamyod keltiradi. Shundan so’ng birinchi darajali vazifasi AQSh bilan xavfsizlik bitimini imzolash, deydi G’anining matbuot kotibi Aymal Fayzi. Hujjatga ko’ra, 2014-yildan so’ng mamlakatda AQShning oz sonli qo’shinlari qoladi.

Oq uy va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg’onistonda prezidentlikka nomzodlar o’rtasidagi siyosiy kelishuvni olqishladi.

Ashraf G'ani o'tmishda moliya vaziri, Abdulla Abdulla esa tashqi ishlar vaziri bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG