Din

Ramazon hayiti oldidan afg’on bozorlari gavjum


Ramazon hayiti oldidan afg’on bozorlari gavjum. Lekin bu yili odamlarning bayramga qiziqishi juda sust. Iqtisodiy vaziyat og’ir.

Ramazon va Qurbon hayiti musulmon ahlining asosiy bayramlari ekan, har bir xonadonda o’ziga xos tayyorgarlikni ko’rasiz. Yangi mahsulotlar olinadi, yangi kiyim-kechaklar, uylar tozalanadi, ko’chalar supuriladi. Qarindoshlar va do’stlar bir-birini ko’rishga intiladi.

“Amerika Ovozi” bilan gaplashgan afg’onlar fikricha, hayit odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, mehr-oqibatli qiladi.

Muhammad Yusuf bozorda aravada meva-cheva sotadi. Bugungi narx-navodan jamoatchilik norozi, deydi u. Qurbi yetmaganlar ko’p, biroq aksariyat xaridorlar do’stlari kelganida bir piyola choy bilan kutub olaylik, deya ozgina bo’lsa ham biror narsa oladi.

“Bu yil ba’zi narsalar qimmatlashgan, ba’zilari avvalgi holida, umuman olganda narxlar qimmat. Boy odamlar mevalarni ko’proq olsa, kambag’al odamlar ozroq oladi. Odamlarning iqtisodi zaif, lekin qurbi yetganicha xarid qilishadi”,- deydi Muhammad Yusuf, mevafurush.

Muhammad Akbar ishsizlar ko’p, tirikchilik ham shunga yarasha, deydi.

U aravada bodom sotadi. Uch xil bodom bor, deydi u. Eng qimmatining kilosi sakkiz dollar, eng arzoni esa uch dollar. Uning aytishicha, bu yil bodom ancha arzonlashgan bo’lsa-da, odamlarning bu mahsulotni sotib olishga qurbi yetmayapdi.

“Ashraf G’aning prezident bo’lganidan beri iqtisod zaiflashgan. Odamlar bir kilo bodom ololmasa ham yarim kilo olishga harakat qiladi. Hammasi nochorlikdan”,- deydi Muhammad Akbar.

Bayram kunlari politsiya xalq xavfsizligini ta’minlash uchun jiddiy chora-tadbirlar ko’radi. Shaharlarga kiruvchi darvozalarda tekshiruv kuchli.

Ichki ishlar vazirligi portlovchi o’yin-asboblar, plastik aslaha sotadigan odamlarni ushlab javobgarlikka tortishga bel bog’lagan.

XS
SM
MD
LG