Kelasi bir yilda 34 ming amerikalik askar Afg’onistonni tark etadi

  • Amerika Ovozi

Afg’oniston hukumati prezident Barak Obamaning mamlakatda xizmat qilayotgan qo’shinlarning yarmini, 34 ming askarni kelasi bir yil ichida olib chiqish rejasini olqishlamoqda.

Obama bu haqda kecha xalqqa murojaatida to’xtaldi.

Afg’oniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Muhammad Zohir Azimiyning aytishicha, xalqaro koalitsiya ketgach, afg’onlar mas’uliyatni zimmasiga olishga tayyor.

2014-yilgacha xavfsizlik butunlay Afg’oniston armiyasiga yuklanishi kerak.

Tolibon nazarida xorij qo’shinlari mamlakatni hoziroq tark etishi shart. NATO harbiylari chiqib ketgach, Afg’oniston yana beqarorlikka yuz tutishi mumkin, degan xavotir bor.

Prezident Hamid Karzay ma'muriyati Obamaning bayonotini ijobiy kutib olgan. Uzoq kutilgan so'zlar bu, deydi mahalliy rasmiylar.

Xorijlik askarlar Afg'oniston qishloqlaridan ketsa, tinchlik va barqarorlikka tezroq erishamiz, deydi ular.

Avvalroq Amerika boshliq koalitsiya mamlakatdan yozda chiqa boshlashi rejada edi, biroq yangi taklifga ko'ra, qo'shinlar bahordayoq vatanga jo'nay boshlaydi.

Urush avj pallaga chiqqanida Amerikaning Afg'onistondagi askarlari soni taxminan 100 ming kishini tashkil etgan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG