Liberal partiya rahbari Jastin Tryudo - Kanada yangi bosh vaziri

  • Amerika Ovozi

43 yoshli Tryudo Kanada tarixidagi ikkinchi eng yosh bosh vazir - tanqidchilar uni tajribasiz, bosh vazirlikka tayyor emas deb kelayotgan edi.

43 yoshli Tryudo Kanada tarixidagi ikkinchi eng yosh bosh vazir - tanqidchilar uni tajribasiz, bosh vazirlikka tayyor emas deb kelayotgan edi.

Jastin Tryudo Kanadaning bosh vaziri etib saylandi. Uning Liberal partiyasi 338 o'rinlik parlamentda 184 o'rinni qo'lga kiritib, seshanba kungi saylovlarda g'alaba qozondi.

Amaldagi konservativ bosh vazir, to'qqiz yildan beri kursini bermay kelayotgan Stiven Xarperning Konservativ partiyasi faqat 99 deputatlik o'rnini jamg'argan.

43 yoshli Tryudo Kanada tarixidagi ikkinchi eng yosh bosh vazir - tanqidchilar uni tajribasiz, bosh vazirlikka tayyor emas deb kelayotgan edi.

Sobiq muallim 2008-yilda parlamentga saylangan va 2013-yilda Liberal partiyaning rahbari etib tanlangan.

U Kanadaning eng boy fuqarolariga soliqlarni oshirishni, infratuzilmaga ko'proq moliya ajratib, iqtisodni oyoqqa turg'izish va Qo'shma Shtatlar bilan aloqalarni yaxshilash tarafdori. Bundan tashqari, u Kanadani "Islomiy davlat"ga qarshi koalitsiyadan chiqarib olib, faqat gumanitar yordam va harbiy mashqlarga e'tibor qaratmoqchi.

Tryudoning marhum otasi Pyer 1968-yilda bosh vazirlikka saylanib, o'rtada tanaffuslar bilan 16 yil xizmat qilgan. U Kanadani isloh qilgan mashhur siyosatchi sifatida tarixga kirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG