Breaking News

Chikago politsiyasi yangi mashmasha markazida


Chikago politsiyasi
Chikago politsiyasi

Shanba kuni Chikago shahrida politsiya 19 yashar qora tanli talaba va besh bolaning onasini otib o'ldirdi. Politsiya boshqarmasi bayonotiga ko'ra, kechagi voqeada o'q ayolga behosdan tekkan. O't ochgan politsiyachining irqi oshkor etilmayapti hozircha.

"Chikago Trubyun" gazetasidagi maqolada yozilishicha, Kintonio Legriyer ismli talaba otasiga temirdan yasalgan beysbol tayog'i bilan do'q-po'pisa qilgani uchun politsiya chaqirtirilgan edi. Qurbon bo'lgan ayol esa uning qo'shnisi bo'lgan. Talabaning onasi o'g'liga yettita o'q uzilganini ma'lum qildi.

"O'g'limda qurol bo'lmagan, beysbol bitasi bor edi, xolos. Uni yiqitish uchun 1-2 ta o'q kifoya edi, yetti marta otish shartmas edi. Politsiyachilarni odam o'ldirish uchun emas, yordamga chaqirganmiz. O'g'lim namunali talaba edi. Rojdestvo bayramiga kelgan edi", - deydi ona.

Shahar meri Ram Emmanuel voqea uchun uzr so'ragan, biroq namoyishlar tinmayapti. Hokimdan lavozimni bo'shatish talab qilinmoqda.

O'tgan yili ham shaharda shunga o'xshash voqea sodir bo'lgan edi. Oq tanli politsiyachi 17 yoshli qora tanli o'smirga 16 bor o'q uzgan. Posbon qotillikda ayblandi, politsiya boshlig'i esa iste'foga chiqishga majbur bo'lgan. Shundan so'ng Adliya vazirligi Chikago politsiya boshqarmasi faoliyatini tekshirishga kirishdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG