Klinton Rossiya rahbariyati bilan Suriya bo'yicha kelisha olmadi

  • Amerika Ovozi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Vladivostokda, 8-sentabr, 2012-yil.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Vladivostokda, 8-sentabr, 2012-yil.

Rossiyaning sharqdagi Vladivostok shahrida Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Suriyadagi vaziyat xususida gaplashdi.

Biroq, deydi Klinton, muloqot samarasiz yakunlangan.

Ma’lumki, AQSh va G’arb davlatlari Suriya prezidenti Bashar al-Assadni hokimiyatdan ketishga chaqirib, unga qarshi kurashayotgan isyonchilar yonini olib keladi. Rossiya esa mojaroga aloqador barcha tomonlar murosa qilishi kerak deb, BMT Xavfsizlik Kengashida Suriya hukumatiga qarshi barcha rezolyutsiyalar loyihasiga veto qo’ygan.

"Rossiya bilan til topisha olmasak, pozitsiyamizga moyil davlatlar bilan gaplashib, Suriya muxolifatiga yordamni kuchaytiramiz", - dedi Klinton.

BMT va Arab Ligasining Suriya bo’yicha maxsus vakili Laxdar Braximi bugun Qohirada bo’lib, so’ng Damashqqa yo’l oladi.

Suriyada armiya va isyonchilar olishishda davom etar ekan, kecha Halab shahrida yirik quvurga shikast yetib, aholiga suv yetkazish vaqtincha to’xtatilgan.

Muxolifat shaharni o’qqa tutgan hukumat kuchlarini quvurni ishdan chiqarganlikda ayblamoqda. Rasmiy Damashq esa isyonchilar aybni hukumatga to’nkash uchun ataylab shunday qilgan, deydi.

Vladivostokda o'tgan ASEAN sammitida ishtirokchi 21 davlat iqtisodiy o’sishni kuchaytirish va savdoni erkinlashtirish maqsadida yashil texnologiyalar importiga qo’yilgan boj to’lovlarini tushirishga kelishib oldi.

Xillari Klinton va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ilmiy hamkorlikka doir bitim imzoladi.

Klinton Yaponiya va Xitoyni bahsli orol yuzasidan asabiylashmaslikka chaqirdi. Shuningdek, Rossiyaning Gazprom kompaniyasi Yaponiya rasmiylari bilan Vladivostok yaqinida qiymati 13 milliard dollarga teng tabiiy gaz zavodi va bandargoh qurilishiga doir hujjat imzoladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG