Kongress uchun nomzodlar muhojirlar ko'nglini ovlashga urinmoqda

  • Amerika Ovozi

2016-yilgi saylov mavsumida immigratsiya eng ko'p bahs qilingan mavzulardan bo'ldi. Masala, ayniqsa, Kolorado shtatining 6-saylov okrugida dolzarb. Chunki bu yerda ovoz beruvchilarning 20 foizi ispanzabon. Muhojirlar saylov natijasiga qanchalik ta'sir ko'rsata oladi?

Kongress uchun nomzod Morgan Kerol muhojirlar ko'p va rang-barang bo'lgan hududdan.

"Bu yer mamlakat va dunyoni o'zida aks ettiradi", - deydi u.

Kerolga ko'ra, odamlar oilalarni bo'ladigan emas, balki birlashtiradigan qonunlar bo'lishini xohlaydi.

"Ular o'z kuchlarini yaxshi tushunib turishibdi, deb umid qilaman. Hozir ular o'zlari va oilalari uchun yaxshiroq siyosat talab qiladigan palla", - deydi nomzod.

2011-yildan beri okrugda muhojir amerikaliklar soni oshib, bu saylovga ham ta'sir o'tkaza boshladi.

Kerolning raqibi, amaldagi konressmen Mayk Kofman ilgari immigrantlarga qarshi bo'lgan, hozir uning ham qarashlari o'zgardi.

Saylovchilarga yaqinlashish uchun u hatto ispan tilida so'zladi.

O'z partiyadoshi Donald Trampni rad etdi.

Natijada bu yilgi saylov har doimgidan ham keskin o'tmoqda.

Ispanzabon saylovchilar nafaqat Kongress uchun kurashni, balki yarim millionlik ovozlari bilan prezidentlik saylovini ham o'zgartirishga qodir.

Ammo buning uchun ular ovoz berishi kerak. Ro'yxatdan o'tadiganlar ko'p, ammo saylovdagi ishtiroklari yuqori emas.

"Boshqa davlatlarda ko'pincha siz saylovda qatnashmaysiz, chunki ular adolatli emas. Ro'yxatdan o'tgan yoki yangi fuqaro bo'lgan muhojirlar nega ovoz bermasligidan hayron bo'lamiz. Nazarimda, o'z davlatlaridagi holatning ta'siri bu", - deydi faollardan biri.

Jenni Santos haftaning olti kuni uyma-uy yurib odamlatni ovoz berishga undaydi.

"Ularning ovoz berishi muhim, har bir ovoz hisobga olinadi. Ba'zan siyosatchilarimiz, hukumatimiz bunga e'tibor bermasligi odamni xafa qiladi", - deydi u.

Unga ko'ra, siyosatchilar bunga jiddiy qarashi kerak.

"Ular ispanzabonlarni saylovda qatnashishga undaydigan kampaniyalarni o'tkazmasa bo'lmaydi", - deydi u.

Kerrol shunga e'tibor qaratmoqda.

"Ular oilalari uchun qayg'urayotganingizni, nomiga gapirmayotganingizni ko'rishni xohlashadi", - deydi nomzod.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG