Breaking News

Misrda to’qnashuvlar, bir kishi o’lgan


Namoyishchilar safi kun-sayin yangi odamlar bilan to'lishmoqda. Bugun ko'chalarda universitet domlalari, advokatlarni ko'rish mumkin edi
Namoyishchilar safi kun-sayin yangi odamlar bilan to'lishmoqda. Bugun ko'chalarda universitet domlalari, advokatlarni ko'rish mumkin edi

Misr janubi-g’arbida xavfsizlik kuchlari va namoyishchilar to’qnashib, bir kishi o’lgan. Bir necha odam jarohat olgani ma’lum.

Poytaxt Qohirada yuz minglab odamlar namoyish qilmoqda.

Prezident Husni Muborak ishdan ketmaguncha, taslim bo’lish yo’q, deydi ular.

Hukumat esa bu chiqishlarga ortiq toqat qilmoqchi emas.

Namoyishlarning uchinchi haftasi bu.

“Tahrir” maydonida kechayu kunduz shay, chodirlarda tunayotgan fuqarolar 30 yillik bosimdan, korrupsiya va ishsizlikdan to’ydik, deydi.

Ular orasida ziyolilar ko’p, jumladan universitet domlalari va advokatlar.

Janubi-g'arbdagi olishuvda bir necha kishi jarohatlangan
Janubi-g'arbdagi olishuvda bir necha kishi jarohatlangan

“Husni Muborak ketishi kerak. Yangi, munosib rahbarni saylashga, erkin yashashga haqlimiz”,- deydi namoyishchilar.

“Tahrir” maydoniga qo’shni, parlament binosi yonida ham tumonat odam. O’tgan yili soxta, puch saylovlarda tanlangan qonunchilar ishdan ketsin, degan talablar yangramoqda.

Hukumat bu namoyishlarni zudlik bilan bas qilishga undamoqda.

Vitse-prezident Umar Sulaymonning aytishicha, to’polondan vahimaga tushgan xalq ishga bemalol borib-kela olmayapti. Namoyishchilar kundalik turmush, oilalar hayotini buzmoqda, deydi u.

Umar Sulaymon ayrim telekanallarni Misrni haqoratlaganlikda ayblagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG