Breaking News

AQSh: Misrda darhol muvaqqat hukumat tuzilishi kerak


AQSh: Misrda darhol muvaqqat hukumat tuzilishi kerak
AQSh: Misrda darhol muvaqqat hukumat tuzilishi kerak

AQSh prezidenti Barak Obama Misrdagi g’alayonga ehtiyotkorona munosabat bildirib, xalq dardini tinglashga, demokratiya va erkin saylovlarga yo’l ochishga chaqirib kelmoqda.

Kongress a’zolari fikricha, Husni Muborakning rahbar sifatida kuni bitgan.

Senatning Tashqi Aloqalar qo’mitasi raisi, demokrat Jon Kerrining aytishicha, Muborakning qayta saylanmaslik va’dasi to’g’ri qaror.

“Ammo muvaqqat hukumat tuzish uchun hoziroq konkret qadamlar tashlanishi zarur”, - deydi u.

Respublikachilar ham bu g’oyani yoqlab, Qo’shma Shtatlar bu jarayonda yordamni ayamaydi, deydi. Xususan Misrga har yili beriladigan 1,5 milliard dollarlik yordamni kesish haqida hozircha gap ketayotgani yo’q.

“Misr so’nggi 30 yildan beri AQShga sodiq va ishonchli hamkor bo’lib kelgan, ayniqsa Yaqin Sharqda tinchlikni saqlashda”, - deydi senator Jozef Liberman.

“O’tgan yillar ichida AQShdan salmoqli moliyaviy yordam olgan Misr harbiylari hozirgi krizisda muhim rol o’ynayotganini ko’rib turibmiz”.

XS
SM
MD
LG