Breaking News

Saylov kuni to'polonlar ehtimoli bor


Respublikachi Donald Tramp prezident saylovlari natijalarini tan olmasligi, unga qarshi fitna ketayotgani haqida gap ochdiyu saylov kuni to'polonlar bo'ladi degan taxminlar kuchaydi.
Respublikachi Donald Tramp prezident saylovlari natijalarini tan olmasligi, unga qarshi fitna ketayotgani haqida gap ochdiyu saylov kuni to'polonlar bo'ladi degan taxminlar kuchaydi.

Respublikachi Donald Tramp prezident saylovlari natijalarini tan olmasligi, unga qarshi fitna ketayotgani haqida gap ochdiyu saylov kuni to'polonlar bo'ladi degan taxminlar kuchaydi. Shtat gubernatorlari bunga qarshi ehtiyot choralari ko'rmoqda.

Tramp uning raqibi Hillari Klinton g'alaba qilishi kutilayotgan shtatlarda o'z tarafdorlarini saylov uchastkalarida shay turishga undagan. Bu ham janjal ehtimolini oshirgan.

"USA Today" va Saffolk universiteti o'tkazgan so'rovga ko'ra, so'ralganlardan 51 foizi saylov uchastkalarida to'polon boshlanishidan xavotirda.

Michigan shtati, Detroyt shahridan Richard Darling so'zlariga ko'ra, Tramp prezident etib saylansa, aholining yarmini qo'rquv bosadi. Uningcha, Amerika aholisining yarmi hukumatdan imtiyoz olib yashaydi yo mamlakatda noqonuniy yashamoqda. Bu odamlar Trampning ta'qibiga uchrashi aniq, deydi u.

Darling g'alayonlarga tayyor turish uchun qurol-aslaha jamlab qo'ygan. "Oilam va o'zimni mudofaa qilishim kerak", - deydi u.

Sobiq qonunchi Jo Wolsh bir necha kun oldin "Tvitter" tarmog'ida o'xshash gap aytdi: "8-noyabrda Tramp uchun ovoz beraman. 9-noyabrda u mag'lub bo'lsa, qurolni qo'lga olaman".

Kentuki gubernatori Matt Bevin demokrat Hillari Klinton yengib chiqsa, yurtni qaytarib olish uchun qon to'kilishi kerak bo'ladi, degan.

Bu orada, odatda prezident saylovlari kunida aksariyat maktablar yopilib, saylov uchastkasi rolini o'tasa-da, bu gal uchastka bo'lmagan maktablar ham yopilishi kutilayapti. Ba'zi maktablar esa ovoz berish uchastkasi vazifasini o'tamoqchi emas.

Kolorado shtati, Denver shahrida, masalan, otishma ro'y bergan holda qanday yo'l tutishga hozirlik ko'rilmoqda.

AQSh rasmiylari esa favqulodda holatlarda saylov uchastkalarini ko'chirishga ham tayyorgarlik ko'rayapti.

Hukumat saylovni qoldirishi mumkin emas, ammo ayrim shtatlarda mahalliy boshqaruv idoralari zarurat tug'ilsa, saylovni kechiktirishiga ruxsat bor.

Amerika Adliya vazirligi va Federal qidiruv idorasi to'polon boshlangan taqdirda zudlik bilan javob qaytarishga shay.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG