Breaking News

Yevropa Ittifoqida matbuot himoyasi kuchayadi


Yevropa Ittifoqi parlamenti, Strasburg, Fransiya
Yevropa Ittifoqi parlamenti, Strasburg, Fransiya

Yevropa Ittifoqi qonunchilari ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning himoyasini kuchaytirish uchun qo'shimcha qonun qabul qildi.

Yevropada Matbuot erkinligi akti deb atalgan hujjat 2022-yilda tanishtirilgan edi, xususan Vengriya va Polshada xavotirlar avj olganidan keyin.

Maqsad, deydi Yevropa parlamenti a'zolari, matbuot mustaqilligini ta'minlash. Jurnalistik tashkilotlar moliyasi va boshqaruvi, jumladan ularga egalik bilan bog'liq detallar shaffof bo'lsin. Hech kim ularga bosim o'tkaza olmasin, manbalar muhofaza qilina olsin va jurnalistlar zimdan kuzatilmasin va maxfiy xizmatlar qo'lida o'yinchoq bo'lmasin.

Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi va Xalqaro matbuot instituti kabi yirik xalqaro tashkilotlar yangi qonunni olqishlagan, ammo me'yorlarni yanayan ko'tarish lozim, deya undagan.

Mediani egallab olishga harakat qiluvchi kuchlarga to'siqlar qo'yish kerak, deydi himoyachilar.

Jamoat axborot vositalarining hukumatga bo'ysunishga majburlanishi, davlat ulardan reklama platformasi sifatida qo'llanishi yoki amaldorlar va ularga yaqin odamlarning OAVlarga qo'lga olishga urinishi tez-tez kuzatiladigan holat.

Vengriyada, masalan, 500 ga yaqin OAV bir fond ostida birlashtirilib, bu muassasa Bosh vazir Viktor Orban tarafdorlari iznida.

Venada asoslangan Xalqaro matbuot institutidan Olivye Moni-Kirl deydiki, Yevropa matbuot olamida inqiroz davom etmoqda.

Hukumat reklama uchun mablag'ni teng va xolis taqsimlanishi uchun sharoit yaratishi shart, deydi u. Pul qayerda qanday sarflanayotgani ochiq bo'lishi kerak.

Masala mahalliy hukumat va mediaga kelganda yanayam murakkablashadi. Siyosiy kuchlar quyi darajada o'z vakolatlarini suiiste'mol qilishi aniq, deydi mutaxassis, ya'ni matbuot har yerda va har qanday muhitda himoyalanishi zarur.

Qonunga ko'ra, maxsus kengash tuzilib, u orqali hukumatlarning media mustaqillikka tahdidini va ular faoliyati bilan bog'liq muammolarni tekshiradi.

Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasidan Tom Gibson tushuntirishicha, Yevropa Ittifoqining har bir a'zosi bu kengash talablarini qondirishi kerak.

"Bu - juda katta qadam va chora. Endi uni amalga oshirish kerak", - deydi Gibson.

Har bir a'zo bu qonunni o'ziga moslashga urinadi, deydi Moni-Kirl. Uning nazarida, mana shu nozik jarayonni ko'zdan qochirmaslik kerak, chunki hukumatlar majburiyatlardan imkon qadar qochishga harakat qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG