Florida tungi klubidagi otishmada 50 odam o'lgan

  • Amerika Ovozi

12-iyun kuni saharda AQShning Florida shtatida 50 kishini otib o'ldirgan shaxs - Umar Siddiqiy Matin, deya bildirmoqda politsiya. U AQSh fuqarosi, kelib chiqishi Afg'onistondan.

Voqea AQSh tarixidagi eng dashatli ommaviy otishma deya ta'riflanmoqda.

Umar Siddiqiy ertalab soat ikkida Orlando shahridagi "Puls" besoqolbozlar tungi klubiga avtomatik qurol va to'pponcha bilan kirib, o't ochgan. Kamida 50 kishi o'lgan, yana 53 odam jarohat olgan. Politsiya bilan otishmada hujumchi o'ldirilgan.

Ma'lumotlarga qaraganda, Siddiqiy hujumdan sal oldin favqulodda holatlarda teriladigan 911 raqamiga telefon qilib, "Islomiy davlat" jangari guruhi tarafdoriman, degan.

Oq uydan so'zlagan Prezident Barak Obama qatliomda halok bo'lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etdi. Tergovchilarga qanday yordam kerak bo'lsa beramiz, dedi u.

Tergovni olib borayotgan Federal qidiruv byurosi 29 yoshli Umar Siddiqiyning radikal islom g'oyalariga moyilligini, terrorchi guruhlar bilan aloqadorligini tekshirmoqda. Voqea terror xuruji sifatida baholanyapti.

Politsiya boshqarmasi Twitter orqali e'lon berib, jinoyat sodir etilgan payt klubda bo'lganlarni mahkamaga kelib ko'rsatma berishga da'vat etdi.

Guvohlardan biri 40 tacha o'q ovozi eshitganini aytgan.

Orlando Amerika-Islom aloqalari kengashi quyidagi bayonot bilan chiqdi. "Musulmon jamoatchiligi bu kabi vahshiyona xunrezlikni oqlashga harakat qilgan har qanday shaxs va guruhlarni qoralaydi", deyiladi unda.

Umar Siddiqiy

Umar Siddiqiy

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG