Breaking News

Gretsiya yaqinida paromga o't ketdi, yuzlab yo'lovchi yordam kutayapti


Yonayotgan parom tevarakdagi kemalardan turib suratga olindi. 28-dekabr, 2014-yil.
Yonayotgan parom tevarakdagi kemalardan turib suratga olindi. 28-dekabr, 2014-yil.

Gretsiya sohillari yaqinida yuzlab yo'lovchi ketayotgan kemada yong'in boshlangan.

Hududda kuchli shamol, dovul sababli qidiruv-qutqaruv xizmati kemaga yetib borishi qiyin bo'layapti.

Salkam 500 yo'lovchidan chamasi 150 nafari kemani sog'-omon tark eta olgan. Bugun kunduz parom sohildan 80 kilometr uzoqlashgan payt pastki qavatiga o't ketgan.

Kema Gretsiyadan Italiyaga yo'l olayotgan bo'lgan. Talofatlar haqida aniq ma'lumot yo'q. Qish sovug'ida jonholatda suvga tushgan yo'lovchilar muz qotishi hech gapmas, deydi mutaxassislar.

O'nlab odamlar qutqaruv qayiqlariga tushib tevarak-atrofdagi boshqa kemalarga o'tishga muvaffaq bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG