Hindistonda kasalxona yonib, 80 dan oshiq odam o’ldi

  • Amerika Ovozi

Hindistonda kasalxona yonib, 80 dan oshiq odam o’ldi

Hindistonda kasalxona yonib, 80 dan oshiq odam o’ldi

Hindistonning Kalkutta shahrida xususiy kasalxona alanga olib, o’lganlar soni 89 kishiga yetdi. Aksariyati tutundan dimiqib jon bergan.

Yong’in paytida ko’p-qavatli binoda 160 bemor bo’lgan.

G’arbiy Bengal shtati rasmiylari tergov boshlab, AMRI kasalxonasi litsenziyasini bekor qilish ustida ishlamoqda.

Chunki, deydi ular falokat paytida ayrim hamshira, vrachlar kasallarni tashlab qochib qolgani aytilmoqda.

Binoda xavfsizlik choralari ko’rilgan-ko’rilmagani ham tekshiriladi.

Hindistonda kasalxona yonib, 80 dan oshiq odam o’ldi

Hindistonda kasalxona yonib, 80 dan oshiq odam o’ldi

Lekin gospital rahbariyati hamma qoidalarga amal qilinganini ta’kidlab, jabr ko’rganlar oilalariga kompensatsiya va’da qildi.

Olti xodim hibsga olingani ma'lum va ular qotillikda ayblanishi mumkin.

Yong’in bino podvalida, kimyoviy moddalar saqlangan yerdan boshlangan.

AMRI oxirgi uch yilda ikkinchi bor yonishi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG