Mumbay hamon notinch; Hindiston-Pokiston munosabatlarida sovuqlik


Politsiya Oberoy mehmonxonasida 2 jangarini o’ldirib, garovdagilarni ozod qilgan.

Biroq Toj Mahal mehmonxonasi haon jangarilar qo’lida.

Kuchli otishmadan keyin yahudiylar markazi jangarilar changalidan qutulgan. 5 yahudiy halok bo’lgani ma’lum.

Chorshanba kuni boshlangan hujum 140 kishini hayotdan olib ketgan, kamida 300 nafari jarohat olgan.

Hindiston Tashqi ishlar vaziri Pranab Mukerji voqeada Pokistonni gumon qilmoqda.

Bu da’volar tufayli Dehli bilan Islomobod orasi yana buzilsa, ajabmas.

Hindiston Tashqi ishlar vaziri Pranab Mukerji “bu Pokistonda panoh topgan terrorchilarning ishi” deydi. Pokiston hukumati jinoiy guruhlarni yo’q qilishi kerak, deydi Mukerji.

Rasmiy Islomobod bu ayblov asossiz demoqda.

Pokiston Tashqi ishlar vaziri Shoh Masud Qurayshi nazarida Hindiston voqeaga atayin siyosiy tus bermoqda.

“O’sha dushman bizga ham hujum qilmoqda. Uni birga yengish mumkin. Shoshilinch xulosa chiqarmaylik”, - deydi Qurayshi.

Pokiston Bosh vaziri Yusuf Rizo G’iloniy ham hujumni qattiq qoralar ekan, “ikki davlat terrorizm va ekstremizmga qarshi yelkama-yelka turib jang qilishi zarur”, - deydi.

Pokiston maxfiy xizmati voqeani tergov qilishda yordam berishi kutilmoqda.

Mumbaydagi xurujlarda 143 kisi o’lgan, 8 nafari xorijlik ekani xabar qilinmoqda. 288 fuqaro jarohat olgan. O’zini Dekkan Mujohiddin deb tanishtirayotgan noma’lum guruh hujumni amalga oshirganini da’vo qilmoqda.

XS
SM
MD
LG