Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshiy "Islomiy davlat" terror guruhining yangi lideri etib tanlangani AQSh razvedkasining e'tiborida. Internetda guruhning turli bo'limlari, jumladan Afg'onistondagi Xuroson bo'limi Qurayshiyga bay'at keltirayotgani tasvirlangan fotolar paydo bo'ldi.
Suratlarda IShID jangarilari mushtlari va qurollarini ko'tarib turganini ko'rasiz.
"IShID bo'limlari orasida "Islomiy davlat Xuroson" eng ko'p xavotir uyg'otadi", - deydi AQSh Terrorizmga qarshi lurash markazi direktori Rassel Tavers.
G'arb rasmiylariga ko'ra, AQSh va afg'on kuchlari bu guruh rahbarlari va a'zolarini yo'q qilishga qayta-qayta uringan, ammo natija bo'lmagan.
"Islomiy davlat Xuroson" Afg'onistondan tashqarida ham hujumlarni ilhomlantirishga harakat qilgan", - deydi Travers.
2017-yilda AQSh guruhning Nangarhordagi tunnellariga GBU-43 nomli "bombalarning onasini" tashlaganidan so'ng "Islomiy davlat Xuroson" a'zolari bir necha yuz kishiga kamaygani taxmin qilingan. Hozirda, deydi Travers, guruhning 4000-5000 a'zosi bor.
Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshiy IShIDning yangi rahbari sifatida maydonga chiqar ekan, Xuroson guruhining hajmi va obro'-e'tibori unga qo'l kelishi mumkin.
"IShID rahbarimizdan boshqa hech narsa o'zgarmadi, deya signal beryapti. Ular tez oyoqqa tura olishini, xalifat hanuz mavjudligini ko'rsatmoqchi", - deydy Rafael Glak, global tarmoqda jihodchi guruhlarni kuzatuvchi kompaniya rahbari.
Qurayshiyga bay'at keltirishni tasvirlovchi suratlar Misrning Sinay yarimoroli, Bangladesh, Pokiston, Yaman, Somali va Iroqda olingani taxmin qilinadi.
"Kichikroq to'dalar IShID rayiga tushib oldi. Guruhning Yaman, Somali, Bangladesh va Pokistondagi filiallari katta emas, boshqa joylardagi bo'limlari bilan qiyoslaganda katta ta'sir kuchiga ega emas", - deydi tahlilchi Katerina Zimmerman.
G'arb razvedka idoralariga ko'ra, "Islomiy davlat Sinay" bo'limi eng xavflilaridan bo'lib, 500 dan 1200 tagacha jangchisi bor. IShIDning aksar bo'limlari Qurayshiyni rahbar sifatida qabul qilishi kutilmoqda, biroq ba'zi guruhlarning qarori markazdan moliyaviy va logistik yordam davom etishiga bog'liq bo'lishi mumkin. Ular, shuningdek, Qurayshiyning kimligi haqida ko'proq ma'lumot olishni istaydi.
Masalan, IShIDning Afrikadagi bo'limlari, jumladan 3500 jangchiga ega "Islomiy davlat G'arbiy Afrika" guruhi hali Qurayshiyga bay'at keltirgani yo'q.
"Agar Qurayshiy Abu Bakr Bag'dodiyda teng keladigan rahbar sifatida ko'rilmasa, ayrim guruhlar IShIDdan chiqib ketadi", - deydi kontrterrorizm bo'yicha ekspert David Gartenshteyn.
Ammo dastlabki belgilar guruhni qayt tiklash harakatlari samara berayotganini ko'rsatmoqda.
"IShID tarafdorlarida ijtimoiy tarmoqlarda yangi xalifa e'lon qilinganidan beri yangilanish hissi paydo bo'lgan. Ular o'zgarishlarni kuzatib borayotgani aniq", - deydi tadqiqotchi Chelsi Deymon.
Facebook Forum