Breaking News

Tramp prezidentlikka qanday kelgani haqida yangi kitob


AQShda Donald Trampning prezidentlikka kelishi ortidagi ikir-chikirlar va sahna ortidagi gaplarni o’z ichiga olgan yangi kitob chiqmoqda. Trampning advokatlari uning bosmadan chiqishini to’xtatish harakatida.

“Alanga va qahr: Trampning Oq uyi”nomli kitob muallifi, jurnalist Maykl Vulf va nashriyotchiga yo’llangan xatlarda asarni savdoga chiqarmaslik va tarqatmaslik talab qilinadi.

Xabarlarga qaraganda, kitob Trampni yaqindan biladigan va uning qo’lida ishlagan 200 dan ziyod rasmiylar bilan, jumladan prezidentning eng yaqin maslahatchisi Stiv Bennon bilan suhbatlarga asoslanadi.

Xususan, Bennon saylov kampaniyasi paytida Trampning o’g’li va bir guruh ruslar orasidagi uchrashuvni “xiyonatkorlik” deb ataydi. Kreml Trampning saylanishida yordam berganmi, yo’qmi, hozirda maxsus prokuror tomonidan tekshirilmoqda.

Kitobdagi asosiy da’volar:

  • Donald Tramp saylovda g’olib chiqishini kutmagan va yutgach “shokka” tushgan, uning maslahatchilari ham sarosimada bo’lgan
  • Trampning rafiqasi Melaniya “birinchi xonim” bo’lishni istamayman, deb ko’z-yosh to’kkan
  • Mashshur xonandalar, estrada yulduzlari inauguratsiya marosimida qatnashishdan bosh tortgani bo’lajak prezidentni g’azablantirgan
  • Tramp do’st va tanishlarining xotinlari bilan “don olishishi” haqida maqtanishni yaxshi ko’rgan
  • Trampning qizi Ivankaning birinchi ayol prezident bo’lish orzusi bor
  • Ivanka otasining sochini masxara qilgan

“Vashington Post” gazetasiga ko’ra, Trampning advokatlari kitob muallifini tuhmatda ayblab, sudga berishi mumkin.

“Prezident va uning oilasi sha’niga asossiz, haqoratomuz gaplar aytish jirkanchlik. Buni kechirib bo’lmaydi”, - deydi Sara Sanders, Oq uy so’zlovchisi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG