Donetsk aholisiga uyda o'tirish tavsiya qilindi

  • Amerika Ovozi

Ukraina maxsus kuchlari Donetsk viloyatining Slavyansk shahrida rossiyaparast kuchlar bilan jang qilmoqda, 31-may, 2014-yil

Ukraina maxsus kuchlari Donetsk viloyatining Slavyansk shahrida rossiyaparast kuchlar bilan jang qilmoqda, 31-may, 2014-yil

Ukraina muvaqqat ichki ishlar vaziri Arsen Avakov Donetsk viloyati aholisini separatistlarga qarshi amaliyot paytida uyda o’tirishga chaqirmoqda. Avakov viloyatning Slavyansk, Kramatorsk va Krasniy Liman shaharlari aholisini ayniqsa ogohlantirgan.

Bugun Rossiya chegarasi yaqinida yuzlab qurollangan separatistlar armiya kuchlari bilan olishgan. Yetti kishining nobud bo’lgani ma’lum.

Lugansk viloyatida ham janglar kechmoqda. AQSh nazarida Rossiya separatistlarga qurol va odam bilan yordam bermoqda. Rossiya esa o’z navbatida Ukraina hukumatini insoniyatga qarshi jinoyatda ayblamoqda. Kecha viloyat hokimiyati havodan o’qqa olingan. Bir necha kishi, jumladan tinch aholi o’lgan.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma’lum qilishicha, Birlashgan Millatlar Tashkilotida insonparvarlik yordamini tashkillashtirish uchun gumanitar korridor ochishga qaratilgan rezolyutsiya muhokama qilinmoqda.

Oq uyning bildirishicha, AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden shu hafta Kiyevga borib, yangi saylangan prezident Pyotr Poroshenkoning qasamyod keltirish marosimida ishtirok etadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG