Breaking News

Kiyevdagi Maydonda namoyishlar davom etmoqda


Ukraina muxolifati ertaga xalqni namoyishlarga undamoqda. Prezident Viktor Yanukovichning tarafdorlari ham ko’chaga chiqib, Yevropa Ittifoqi bilan emas, Rossiya bilan yaqinlikni afzal ko’rishini baralla aytmoqda.
"Amerika Ovozi" xabarlari, 14-dekabr, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:14 0:00
Yuklab oling

Muxolifatchilar esa kelajak Yevropa Ittifoqi bilan deydi. Uch haftadirki, namoyishlar tinmaydi. Kecha ilk bor prezident bilan muloqot qilindi.

Siyosiy faollar, huquq himoyachilari va fuqaro jamiyati a’zolari Yanukovich bilan suhbatda undan qanchalik norozi ekanini izhor etgan. Hibsdagi namoyishchilar darhol ozod etilsin deya talab qilgan. Prezident ularni kechirishini aytgan, ammo muxolifat bunga rozi emas.

Namoyishchilar biror ayb ish qilmagan va ularning begunoh ekani tan olinib, qo’yib yuborilsin, deydi Vitaliy Klichko, oppozitsiya liderlaridan biri.

Amerika vaziyatni yaqindan kuzatmoqda. Yetakchi senatorlar - respublikachi Jon Makkeyn va demokrat Kris Merfi ertaga Ukrainada bo’ladi va har ikki tomon bilan gaplashadi.

Namoyishchilarning bosim to’xtamasa, Kongress Ukrainaga qarshi sanksiya qo’yishi mumkin. Zo’ravonliklarda qo’li borligi shubha qilingan shaxslarga viza berish man etiladi va ularning Amerikadagi bank hisoblari va mulklari muzlatiladi.

Muxolifat Yanukovichdan Yevropa Ittifoqi bilan savdo bitimini imzolab, G’arb bilan aloqani mustahkamlashni talab qilmoqda. Ukraina rahbari bu fikrda emas. Namoyishlarni kuch bilan to’xtatishga urinishlar bo’ldi, lekin ommaviy chiqishlar kengaysa kengayayaptiki, tinmayapti.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG