Barak Obama: Jangarilar xavfi oldida birlashaylik

  • Amerika Ovozi

BMT Bosh assambleyasining 60 yillik sessiyasida qariyb 200 davlat rahbari, jumladan prezident Barak Obama, qatnashmoqda.

Mintaqada urushlarni yakunlashga so’z bergan prezident bugun “Islomiy davlat” terror guruhiga xalqaro koalitsiyaga bosh.

“Bu qonxo’r guruhni yengishda Qo’shma Shtatlar yetakchilik qilayapti. Birgalikda bu yovuz kuchni yengamiz”, - dedi Obama assambleyada qilgan nutqida.

50 ka yaqin davlat, jumladan arab hukumatlarini o’z ichiga olgan koalitsiya havo kuchlari “Islomiy davlat”ning Iroq va Suriyadagi manzillarini o’qqa tutmoqda.

Suriyada to’rt yildan beri fuqaro urushi davom etayapti. AQSh shu kungacha bu mojaroga aralashmaslik siyosatini olib borayotgan edi.

BMT minbaridan qilgan murojaatida Barak Obama dunyo davlatlarini bugunning eng dolzarb muammolarini hal qilish uchun bir yoqadan bosh chiqarishga chaqirdi.

“Har bir davlat mas’uliyatni his etishi, xalqaro qonun va normalarga rioya etishi shart”, - deydi AQSh prezidenti.

Qo'shma Shtatlar boshliq va arab davlatlari qatnashayotgan koalitsiya mana ikki kundirki Suriyada jangarilarini bombardimon qilayapti.

Pentagon matbuot kotibi, admiral Jon Kirbining aytishicha, jangarilar Iroqqa qurol-aslaha tashuvchi manzillar bugun havodan nishonga olinmoqda. AQSh bugun Iroqning Irbil va Bag'dod shaharlari atrofida ham "Islomiy davlat" manzillarini o'qqa tutgan.

Jangarilarga salmoqli zarar keltirishga muvaffaq bo'lindi, deydi Kirbi.

Suriyadagi ahvolni kuzatuvchi inson huquqlari tashkilotining bildirishicha, kechaning o'zida "Islomiy davlat" va al-Qoidaga aloqador 120 jangari yo'q qilingan.

Bu orada, Suriya armiyasi shimolda, Turkiya bilan chegara yaqinida havo hujumlarini amalga oshirgan. "Islomiy davlat" jangarilari tahdididan qochib hududni o'tgan haftada 130 ming odam tark etgan edi.

Qo'shma Shtatlar izohiga ko'ra, Suriya hukumati jangarilarni jilovlay olmayotgani va "Islomiy davlat" tobora qabih jinoyatlarga zo'r berayotgani sababli koalitsiya oraga tushishga majbur bo'lmoqda.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ham jahon ahlini ekstremizm sabablarini oshkora muhokama qilishga da'vat etayapti.

Bosh assambleya sessiyasini ochib bergan arbob "Islomiy davlat" kabi guruhlar solayotgan xavf oldida birlashish kerak, dedi.

"Bu qabih jinoyatlarni tugatish uchun qat'iy choralar ko'raylik", - dedi Pan Gi Mun. "Bu illatlarni paydo qilgan omillarni ochiqchasiga muhokama qilaylik", - dedi u.

Pan Gi Munning aytishicha, Iroq va Suriyada kunda tobora qo'rqinchli, g'ayriinsoniy jinoyatlar sodir etilayapti. Buning asoratlari butun mintaqa tinchini buzmoqda.

BMT Bosh assambleyasi sessiyasida ko'rilayotgan asosiy muammolar ham aynan shular: Iroq, Suriya va Yaqin Sharqning boshqa hududlarida bosh ko'targan ekstremist guruhlar xavfi, shuningdek, G'arbiy Afrikada avj olgan xatarli Ebola virusiga qarshi kurash, Ukrainadagi ahvol.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ham jahon ahlini ekstremizm sabablarini oshkora muhokama qilishga da'vat etayapti.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ham jahon ahlini ekstremizm sabablarini oshkora muhokama qilishga da'vat etayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG