Shimoliy Karolinada uch musulmon o'ldirilgan

  • Amerika Ovozi

46 yoshli amerikalik Kreyg Stiven Hiks uch shaxsni yoppasiga o'ldirganlikda ayblanmoqda

46 yoshli amerikalik Kreyg Stiven Hiks uch shaxsni yoppasiga o'ldirganlikda ayblanmoqda

AQShning Shimoliy Karolina shtatida universitet yonida uch kishi o'ldirib ketilgan. Bari musulmon ekani aytilmoqda. Politsiya voqea yuzasidan 46 yoshli Kreyg Stiven Hiksni hibsga olgan.

U 23 yoshli talaba Dea Barakat, uning rafiqasi 21 yoshli Yusor Abu Salha va uning singlisi 19 yoshli Razan Abu Salhani otib o'ldirganlikda ayblanmoqda.

Dea Barakat Shimoliy Karolina universitetida stomatologiya talabasi bo'lgan. Uning rafiqasi shu yilning kuzida o'qishga kirishni rejalayotgan bo'lgan. Razan ham universitet studenti edi, deydi yaqinlar.

Uchalasining jasadi seshanba kuni Shimoliy Karolina universiteti yonidagi binodan topilgani aytiladi.

Hiks ijtimoiy tarmoqlarda dinga qarshi bayonotlar yozib qoldirgan. Biroq uch musulmonni o'ldirish ortidagi sabablar hanuz tergov qilinmoqda, deydi politsiya.

Shimoliy Karolina universiteti ma'muriyati voqea yuzasidan chuqur qayg'udamiz, deydi.

Mahalliy matbuot voqea ro'y bergan joyda yurakni o'rtovchi manzarani tasvirlaydi. Yoshlarning oilalari politsiyadan ko'zda yosh bilan bolalar haqida xabar so'ragan. "Tirik ekanini ayting!" deya nola qilgan ular.

23 yoshli talaba Dea Barakat, rafiqasi 21 yoshli Yusor Abu Salha va uning singlisi 19 yoshli Razan Abu Salha.

23 yoshli talaba Dea Barakat, rafiqasi 21 yoshli Yusor Abu Salha va uning singlisi 19 yoshli Razan Abu Salha.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG