Amerika Yevropada o'ndan oshiq bazasini yopadi

  • Amerika Ovozi

Britaniyadan taxminan ikki ming askar xizmat qilayotgan baza yopilishi rejalada.

Britaniyadan taxminan ikki ming askar xizmat qilayotgan baza yopilishi rejalada.

Amerika Yevropadagi o'ndan oshiq bazalarini yopishni, Mudofaa vazirligi shu tariqa yiliga 500 million dollarni tejashni rejalayapti.

Bu qaror AQShning Yevropadagi mudofaa salohiyatiga ziyon qilmaydi, aksincha, bor kuchlarni samaraliroq qo'llashga xizmat qiladi, deydi Pentagon rasmiylari.

Yevropada yopilishi kutilayotgan bazalar ro'yxatida Britaniya, Germaniya, Belgiya va Niderlandiyadagi harbiy obyektlar bor.

Misol uchun, Londonda yopilishi kutilayotgan "Royal Air Force" bazasida tanker, maxsus samolyotlar bor va u yerda amerikalik 3200 askar hamda ularning oilalari yashaydi.

Bu va boshqa harbiy inshootlardan Ikkinchi jahon urushidan beri foydalanib kelinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG