AQSh Saudiya Arabistoni saylovlarida ayollar qatnashganini olqishladi

  • Amerika Ovozi

Ayollar ovoz berish uchun saylov uchastkasiga kelmoqda, Riyod, Saudiya Arabistoni, 12-dekabr, 2015-yil.

Ayollar ovoz berish uchun saylov uchastkasiga kelmoqda, Riyod, Saudiya Arabistoni, 12-dekabr, 2015-yil.

AQSh Saudiya Arabistonida ayollarning ilk bor saylovda qatnashganini "tarixiy yutuq" deya olqishladi.

Kecha e'lon qilingan ilk natijalarga ko'ra, mahalliy kengashdagi o'rinlarning kamida 17 tasi ayollarga nasib qilgan.

"Human Rights Watch" tashkiloti ma'lumotiga ko'ra, 2000 mahalliy o'rin uchun nomzodini e'lon qilgan 6000 odamning 978 nafari ayollar bo'lgan.

Marhum qirol Abdulla 2011-yilgi farmoni bilan bunga yo'l ochib bergan edi.

Shunga qaramay, jamiyatda hanuz ayollar uchun to'siq ko'p ekani aytiladi. Ultrakonservativ jamiyatda erkak va ayollar uchun hamma narsa alohida-alohida belgilangan. Ovoz berish uchastkalari ham ajratilgan. Saudiya Arabistoni, shuningdek, xotin-qizlarga mashina haydashni taqiqlaydigan yagona davlat hamdir.

Ayol nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashish, kampaniya olib borish oson bo'lmadi. Ular parda ortidan yoki erkak qarindoshlari orqali ommaga murojaat qilishgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG