Gollandiyada o'zbek harbiy asirlarining qabrlari topildi


So'nggi 3-4 yildan beri har yili 9-aprel tongida gollandlar o'zbek harbiy asirlari Ikkinchi jahon urushi paytida otib o'ldirilgan joyga 77 ta sham yoqib qurbonlarni xotirlashadi.

Gollandiyada yashovchi o'zbekistonlik tarixchi Bahodir Uzoqovning aytishicha, natsistlar jami 101 o'zbek asirini qatl etishgan. Ikkisining ismi ma'lum - Zoir Murodov va Hotam Qodirov. Aksariyat asirlarning Samarqanddan ekani aytilmoqda. O'zbekiston hukumati bundan bexabar.

"Amerika Ovozi" muxbiri Odil Ruzaliev Skype orqali Bahodir Uzoqov bilan shu mavzuda suhbatlashdi.

XS
SM
MD
LG