O’zbekiston fuqarosi AQShda 12 yilga qamaldi

  • Amerika Ovozi

Asqarxo’jayev Amerikaning Vayoming va yana 13 shtatida faoliyat yuritgan, odamlarni mehmonxonalarga ishga joylab, pul undirgan, deya bildiradi Missuri shtati prokuraturasi.

Asqarxo’jayev Amerikaning Vayoming va yana 13 shtatida faoliyat yuritgan, odamlarni mehmonxonalarga ishga joylab, pul undirgan, deya bildiradi Missuri shtati prokuraturasi.

AQSh sudi O’zbekiston fuqarosi Abrorxo’ja Asqarxo’jayevni zamonaviy qulchilik, moliyaviy firib, soliq to’lashdan bo’yin tovlaganlikda aybdor topib, 12 yilga ozodlikdan mahrum etgan. U turli millat vakillarini o’z ichiga olgan jinoiy to’da boshlig’i bo’lgani aytiladi.

Missuri shtati sudi hukmiga ko’ra, Asqarxo’jayev jabrlanuvchilarga 172 ming dollar ham to’lashi kerak bo’ladi.

Adliya vazirligining bildirishicha, bu shaxs muhojirlarni ayovsiz ekspluatatsiya qilgan. Abrorxo’ja Asqarxo’jayev O’zbekiston, Moldova va Amerika fuqarolari bilan til biriktirib, Yamayka, Dominikana Respublikasi, Filippin va boshqa davlatlar fuqarolarini ishlatgan.

Uning yana yetti hamtovog’i avvalroq javobgarlikka tortilgan edi.

Abrorxo’ja Asqarxo’jayev O’zbekiston, Moldova va Amerika fuqarolari bilan til biriktirib, Yamayka, Dominikana Respublikasi, Filippin va boshqa davlatlar fuqarolarini ishlatgan.

Abrorxo’ja Asqarxo’jayev O’zbekiston, Moldova va Amerika fuqarolari bilan til biriktirib, Yamayka, Dominikana Respublikasi, Filippin va boshqa davlatlar fuqarolarini ishlatgan.

Asqarxo’jayev Amerikaning Vayoming va yana 13 shtatida faoliyat yuritgan, odamlarni mehmonxonalarga ishga joylab, pul undirgan, deya bildiradi Missuri shtati prokuraturasi.
Muhojirlarni yollagach, Asqarxo’jayev va uning sheriklari bir necha firma tuzib, otel, kazino va shu kabilar bilan shartnoma tuzgan.

Giant Labor Solutions, Five Star Cleaning LLC va Crystal Management Inc. nomli bu firmalar immigrantlarni qo’lga olib, vizasi o’tib ketishiga yo’l qo’ygan va boshqa ish izlashiga imkon bermagan. Shikoyat qilganlar do’q-po’pisa bilan qo’rqitilgan.

Vayoming shtatida firma asosan Filippin fuqarolarini ekspluatatsiya qilgan. Bu muhojirlarning ko’pi oliy ma’lumotli bo’lgani ma’lum.

Jinoiy to’da shu tariqa olti million dollar topgan.

32 yoshli Asqarxo’jayev avvaliga 100 band bo’yicha ayblangan va o’tgan yilning kuzida to’rt ayblovni bo’yniga olgan. Jazo muddatini o’tagach, u vataniga jo’natiladi, deydi prokuratura rasmiylari.

Asqarxo’jayev Amerikada yashash va ishlash huquqini qo’lga kiritish uchun bu davlat fuqarosiga uylangan, deydi rasmiylar. Bu soxta nikoh uchun ayol besh ming dollar haq olgan. Asqarxo'jayev buni inkor etadi.

Sudga tortilgan yana bir o’zbekistonlik, Jahongir Qahhorovning aytishicha, Asqarxo’jayev unga dag’-dag’a qilgan, qo’rqitgan va pul undirgan. Shundan so'ng Qahhorov huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG