Breaking News

Shimoliy Dakota - dron sinovlari markazi 


Silikon vodiysi dronlari sinovda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:12 0:00

Shimoliy Dakota, bepoyon tekisliklardan iborat shtat, kanola dalalari, chorva mollar va neft konlari bilan mashhur. Ammo so’nggi yillarda katta maydonlar boshqa bir maqsadda ham qo’llanmoqda - dron sinovlari.

Shimoliy Dakotada yangi pilotsiz samolyotni uchirib, parvozni kuzatasiz. Qanday nuqsonlari bo’lsa, darrov ko’rinadi.

“Bir-biridan farqli to’rt mavsum. Yozda 30-40 daraja issiq bo’ladi, qishda esa juda sovuq. Shamol yengil esadigan kunlarimiz bor, uchirib yuboradigan kunlar bor. Eksperimentlar o’tkazish uchun ayni muddao”, - deydi shtat rasmiysi Nik Flom.

Shimoliy Dakota pilotsiz vositalarni testdan o’tkazish markaziga aylanish uchun 38 million dollar sarflagan. Qishloq xo’jaligiga asoslangan shtatda atigi 760 ming aholi yashaydi. Parvozlar uchun joy yetarli.

“Xavfsizlik nuqtai nazaridan juda qulay. Masalan, samolyotlar uchayotgan zonada dron uchira olmaysiz. Qulab tushsa, hech kimga ziyon yetmaydi, chunki odam ko’p emas bu yerda”, - deydi sinov maydoni boshqaruvchisi Tomas Svoyer.

“Grand Sky” - uchuvchisiz vositalarni sinovdan o’tkazish uchun ochilgan birinchi tijoriy park. Bu xususiy biznes, ammo Shimoliy Dakota hukumati uni tashkil qilish uchun 17 million dollar sarmoya qildi. 88 gektarga teng maydonda eksperimentlar o’tkazish uchun butun mamlakatdan kompaniyalar keladi.

“Dronlarni qo’llaydigan sohalar hozir juda ko’p", - deydi tadqiqotchi Kris Teysen. "Shimoliy Dakota iqtisodi nuqtai nazaridan olib qaraganda, qishloq xo’jaligi birinchi o’rinda. Energetika sanoatida ham dronlar ishlatilyapti. Masalan, elektr liniyalari va quvurlarni tekshirish, qishloq xo’jaligida o’simliklar sog’lig’ini nazorat qilish uchun”.

Dronlar parkini Nik Flom boshqaradi. Mamlakat bo’ylab shu maqsadda ochilgan atigi oltita shunday maydon bor. Flomning aytishicha, bugun ayrim xavfli va zerikarli ishlarni dronlarga topshirsa bo’ladi. Shimoliy Dakota rasmiylari bu sanoatda yuqori maoshli ish o’rinlari yaratilishiga umid qilmoqda.

“Uchuvchisiz vositalar deymizu, lekin baribir dronlarni kimdir yerdan boshqarishi kerak. Bu ham muayyan malaka va qo’shimcha xodimlar talab qiladigan soha”, - deydi suhbatdosh.

Federal qonunlarga ko’ra, dron uchirayotganda uni ko’zdan qochirish mumkin emas. Ammo Shimoliy Dakotada bu kabi cheklovlar ozroq.

Tramp ma’muriyati yaqinda e’lon qilgan qoidalar yirik kompaniya va onlayn do’konlarning mahsulotni mijozga yetkazishda drondan foydalanishini osonlashtirishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG