Yamanda shia isyonchilar Adan shahrini qo'lga olgan

  • Amerika Ovozi

Adan

Adan

Yaman rasmiylarining aytishicha, shia isyonchilar va ularning ittifoqchilari Adan shahri markaziga kirib borib prezident qarorgohini qamal qilgan.

Janubdagi port shahar Adan qo'ldan ketgani Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya uchun yo'qotish. Koalitsiya bir haftadan oshibdiki, Yamanda isyonchilarni bombardimon qilayapti.

Saudiyaning AQShdagi elchisi Odil al-Jubayr havo hujumlari natija berayapti, biroq ko'proq vaqt zarur, deydi.

Yamanda qonuniy hukumatni tiklash va aholini radikal guruhdan himoya qilish uchun yana biroz vaqt kerak, deydi elchi.

Yaman Prezidenti Abdu Rabbo Mansur Hadi isyonchilar siquvi ostida bir hafta oldin Adandan qochishga majbur bo'lgan.

Huquq tashkilotlarining aniqlashicha, koalitsiyaning hujumlarida hafta boshida kamida 29 odam o'lgan. "Human Rights Watch" harbiy jinoyatlar ehtimoli haqida ogohlantirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG