Breaking News

Ashgabatda AQSh-Turkmaniston yillik maslahat kengashi bo'lib o'tdi


AQSh delegatsiyasiga Davlat kotibi muovini Robert Bleyk boshchilik qildi.
AQSh delegatsiyasiga Davlat kotibi muovini Robert Bleyk boshchilik qildi.
Turkmaniston presidenti Qurbonguli Berdimuhammedov Ashgabatda AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha muovini Robert Bleykni qabul qildi.

Copy of MM Turkmen-US Relations 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:40 0:00
Yuklab oling

Uchrashuvda tomonlar o’zaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini qayd etishgan. AQSh diplomati Turkmanistonga Afg’oniston bo’yicha hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirgan. Ashgabatda AQSh-Turkmaniston o’rtasidagi yillik maslahatlashuv kengashi bo’lib o’tgan.

Turkman muxolifati esa muloqotda fuqarolik jamiyati va inson huququlari masalasi ham muhokama qilinishi muhim ekaniga urg’u bermoqda.

Prezident Qurbonguli Berdimuhammedov Robert Bleyk bilan uchrashuvda Turkmaniston AQSh bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirgan.

Bleyk deydiki, mintaqa xavfsizligini ta’minlash yo’lidagi hamkorlikni mustahkamlashga shay.

Turkmaniston Afg’onistondagi qo’shinlar ehtiyoji uchun muhim sanalgan yonilg’i tam’inotida, shuningdek, turli havo amaliyotlari masalasida Turkmaniston yaqindan ko’mak ko’rsatib kelayotgani ta’kidlanadi.

AQSh-Turkmaniston hamkorligining istiqboldagi muhim yo’nalishi energetik soha ekani aytiladi. Ammo Ashgabat tarqatgan rasmiy ma’lumotlar bu boradagi muzokaralar tafsilotiga to’xtalmaydi.

Quvg’indagi muxolifat yetakchisi Nurmuhammad Xanamovga ko’ra, muzokaralardagi asosiy masala, albatta, energetika.

“AQSh Turkmaniston gazini Rossiyani chetlab Yevropaga olib chiqish tarafdori. Hozir bu boradagi loyiha ustida ishlanmoqda”, - deydi Respublika partiyasi rahbari Xanamov.

Turkmaniston ham energetik sohadagi hamkorlari ko’payishidan manfaatdor. Bu safardan biroz avval Ashgabat gaz zaxiralari Rossiya, Xitoy va Yevropa ehtiyojlarini qondirishga ham yetarli ekani haqida bayonot tarqatgan edi.

Yillik maslahatlashuv yig’ilishida fuqarolik jamiyati taraqqiyoti va inson huquqlari bilan bog‘liq masalalar ko’tarilishi ham ma’lum qilingan edi. Ashgabatdagi muloqotda bu qanchalik muhokama qilingani no’malum.

Turkman muxolifatiga ko’ra, AQSh diplomatlari bu masalani ko’targan bo’lishi mumkin, lekin rasmiy Ashgabat bunday vaziyatlarda sukutda turishni lozim ko’radi.

“Safar davomida Turkmanistondagi inson huquqlari masalasi, demokratik islohotlar gaplashilishi kutilgan edi. Lekin Turkmaniston hukumati o’zi manfaatdor bo’lmagan bunday masalalarni e’tiborsiz qoldirishga urinadi. Shuning uchun islohotlar masalasi jiddiy muhokama qilinganiga ishonchim kam. Biroq shunday oliy toifadagi uchrashuvlarda faqatgina iqtisodiy hamkorlik emas, demokratik islohotlar masalasi ham jiddiy muhokama qilinishiga umid qilging keladi”, - deydi muxolifatdagi Respublika partiyasi rahbari, Venada yashayotgan Nurmuhammad Xanamov.

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha muovini Robert Bleyk mintaqa bo’ylab safarini Qirg’izistonda davom ettirmoqda.

AQSh-Markaziy Osiyo-Afg'oniston/US-Central Asia-Afghanistan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:03 0:00
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG