Payshanba, 24-iyul, 2014 Toshkent vaqti: 19:40

Xalqaro

Misrdagi o'zgarishlar Markaziy Osiyoda qanday aks-sado bermoqda?

Multimedia

Audio
Misrda endigina qasamyod keltirib, vazifasiga rasman kirishgan prezident Muhammad Mursiy dunyoviy tuzum va fuqarolik jamiyatini qurishga va’da bermoqda. Yaqin Sharqdagi inqiloblardan so’ng mintaqada islomiy oqimlarning kuchayayotgani kuzatiladi.

Hokimiyatga islomiy kuchlar kelishi mumkin degan da’vo bilan demokratik harakatlarni cheklab kelayotgan Markaziy Osiyo rahbarlarini bu hol tashvishlantirayotgan bo’lsa ajab emas. Ayniqsa, O’zbekiston, Turkmaniston va va Tojikistonda. 

Mintaqada ba’zilar Musulmon Birodarlar safidan bo’lgan Muhammad Mursiyning hukumat tepasiga kelganidan so’ng Misr ham Eron singari islom davlati bo’ladi yoki terroristlar makoniga aylanadi degan fikrlarni bildirayotgan bo’lsa-da, Tojikistonda dindorlar va ziyolilar bu fikrga qo’shilmaydi.
 
So’g’ddagi “Higdalik Ota” jome’ masjidi imom xatibi o’rinbosari Mirzo Ismoilov nazarida Misrning yangi prezidenti mamlakatni xalqaro maydonda va mintaqada baland martabalarga olib chiqadi. 
 
Misr xalqaro terrorizmning har qanday ko’rinishlariga qarshi harakat qiladi, deydi u.
“Inshalloh, ular xalq uchun yaxshilik, omonlik va baxt olib keladi”.
 
Mahalliy ekspert Abdujabbor Yo’ldoshev Mursiy saylovchilar oldida bergan va’dalarini bajara olishiga, hokimiyatda uzoq tira olishiga shubha bilan qaraydi.
 
Negaki, u yerda har xil siyosiy partiyalarning fikrlari turlicha, biri islom davlati istasa, boshqasi bunga zid, deydi u.
 
“Mursiyning hukmronligi uzoqqa bormaydi. Negaki, u harbiylar vakolatini cheklashga harakat qilmoqda. Misrda harbiylar uzoq vaqt davlat boshqaruvida asosiy kuch hisoblangan, azaldan shunday edi va shunday qoladi. Lekin Mursiy sha’riyat hukmlarini joriy etsa, Misrning ravshanfikrli kishilari qarshi chiqadilar. U mamlakatdagi ikki kuchni birday qo’llay olishi mumkin emas. U yo Musulmon Birodarlarni to’la qo’llashi kerak yoki dunyoviy tuzum tarafdorlari va harbiylarga yon berishi zarur bo’ladi”.

Misrdagi o'zgarishlar Markaziy Osiyo nazarida, Ravshan Shams
Misrdagi o'zgarishlar Markaziy Osiyo nazarida, Ravshan Shamsi
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

 
Rossiya Fanlar Akademiyasi  qoshidagi Jahon Iqtisodiyoti va Xalqaro Aloqalar Instituti ilmiy xodimi Georgiy Mirskiyning fikricha, Mursiy noaniq siyosiy vaziyatda prezidentlikka saylangan. Mamlakatda parlament ham, konstitusiya ham yo’q.
 
“Barak Obama Amerikani, Putin Rossiyani yoki Fransua Olland Fransiyani boshqargandek Mursiy Misrni boshqarolmaydi. U sodda va oddiy figura”.
 
Mirskiyning fikricha, hokimiyat tepasiga kelgan Musulmon Birodarlar katta kuch hisoblansa-da, mamlakatda aniq bir siyosat yoq. Ekstremistik qarashlar keng tarqalgan. 

“Bunaqada tasavvur qiling, piramidalar tevaragida shortikda yurishga qo’yadilarmi? Bunday bo’lmaydi axir. Ammo men aytardimki, Musulmon Birodarlarning hukumat tepasiga kelishi, bu fanatizmning g’alabasi emas,  bu- miqdorning sifatga aylanishidir. Ya’ni, aldoqchi va makkor hukmdorlar o’rniga endi xalq orasidan aniq va lo’nda ishni qiladiganlar chiqmoqda. Lekin harbiylar bilan kelishiv, albatta bo’ladi”.
 
Tojikistonlik demokrat Fayzullo Fayziev fikricha Misrda davlat kelajagi noaniq va bunga G’arb siyosati sabab bo’ldi.  
 
AQSh va Yevropa Ittifoqi uzoq yillar davomida Anvar Saodat va Husni Muborakka o’xshaganlarni qo’llab keldi.
 
 ”Lekin Mursiy u qadar bir taraflama ayovsiz radikal guruhlar yo’liga kiradigan aqlsiz kishi emas. U, davlat va jamiyat manfaatlarini nazarga olib, albatta, islom ruknlariga amal qiladi. Lekin Misr manfaatlari uchun qaysi yo’l to’g’ri kelsa, ana o’shani tanlaydi. Bizning rahbarlarimiz ham ana shunday bo’lishlari kerak”.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
G'azoda tinch aholi orasida qurbonlar oshmoqdai
X
24.07.2014 12:14
Uch haftadirki, Isroil G’azoga raketa yog’dirishda davom etmoqda. Falastinliklar orasida o’lganlar soni 600 dan oshgan. Aksariyati oddiy fuqarolar, ayollar va bolalar. Isroil tomondan esa qurbonlar 30 ga yaqinlashgan.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Samolyotda halok bo'lgan yo'lovchilarning yaqinlari Tayvanning Pengu orolida tashkil etilgan motam marosimida, 24-iyul, 2014-yil.
  • Samolyotda halok bo'lgan yo'lovchilarning yaqinlari Tayvanning Pengu orolida tashkil etilgan motam marosimida yig'lamoqda, 24-iyul, 2014-yil.
     
  • Samolyotda halok bo'lgan yo'lovchilarning yaqinlari Tayvanning Pengu orolida motam marosimiga tayyorlanmoqda, 24-iyul, 2014-yil.
     
  • Qutqaruvchilar samolyot halokati o'rnini tekshirmoqda, Pengu oroli, Tayvan, 24-iyul, 2014-yil.
Fotogalereya

Fotogalereya Tayvanda samolyot qulashi oqibatida 48 kishi halok bo'ldi

"TransAsia" havo yo'llariga qarashli samolyot yomon ob-havo tufayli Tayvanda qulab tushgan. Samolyot bortidagi 48 kishi halok bo'lgan, 10 kishi yaralangan. Halokat yerida yana besh kishi jarohatlangani aytilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya BMT Xavfsizlik kengashi G'azoda otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik kengashi Isroil va XAMASni o'zaro otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqiruvchi qaror qabul qildi. G'azoda ikki haftadan beri davom etayotgan havo hujumlarida 500 dan ziyod falastinlik halok bo'lgan, Isroil tomonidan esa bir necha askar o'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 20-iyul, 2014-yil

Kunning muhim voqealari va dunyoning turli burchaklaridagi manzara suratlarda.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonlik ustalar Santa Fe xalqaro festivalida

Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Santa-Fe shahrida har yili o’tadigan usta hunarmandlar festivali (Santa Fe International Folk Art Market) nufuzli davra hisoblanadi. Unga taklif qilingan chevar, kashtado’z yoki sozandaning ijodi so’zsiz tan olinadi. Qaysi davlatda bo’lmasin ularning mahsuloti darrov qo’lma qo’l bo’lib ketadi. Bu yilgi yarmarkada O’zbekistondan 25 kishi qatnashdi - eng katta jamoalardan biri. 11-13-iyul kunlari o’tgan tadbirda ustalar bir-biri bilan tanishdi, tajriba almashdi, mahsulotini sotdi, yangi xaridor va hamkorlar topdi va vatanga daromad bilan qaytdi. Bu esa, deydi hunarmandlar, yangi imkoniyatlarga yo’l ochadi. Yangi ish o’rinlari, ta’lim dasturlari, mustaqil faoliyat, erkin nafas va yurt taraqqiyoti uchun hissa degani bu.
Fotogalereya

Fotogalereya MH17 - Ukraina osmonida urib tushirilgan samolyot qoldiqlari va bugungi manzara

Ukraina hukumati Rossiyani ikki kun oldin Donetskda urib tushirilgan yo’lovchi samolyot qoldiqlari orasidan ashyoviy dalillarni yo’q qilishda separatistlarga yordam berayotganlikda ayblamoqda. Malayziya havo yo’llariga tegishli samolyot ichida 298 odam bo’lgan. Hammasi o’lgan. AQSh hukumatining tasdiqlashicha, samolyot yerdan nishonga olingan.
Fotogalereya

Fotogalereya Isroil piyoda kuchlari G'azoda hujumlarni davom ettirmoqda

8-iyulda boshlangan operatsiyada hozirgacha 300 dan oshiq falastinlik o’lgan. Uch kundirki, Isroil kuchlari G'azo sektorida yuzlab manzillarni o'qqa tutmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Dunyo ahli Ukrainadagi fojeadan dahshatda, 295 odam halok bo'lgan

Yo'lovchilardan 173 nafari Niderlandiya, 44 kishi Avstraliya, 12 odam Indoneziya, shuningdek, Britaniya, Germaniya, Belgiya, Kanada, Yangi Zelandiya va Filippin fuqarolaridir. AQSh razvedka agentliklarining tasdiqlashicha, samolyot raketa bilan urib tushirilgan va aynan Ukraina sarhadidan turib nishonga olingan. Samolyot havoda portlagan. Ukraina qurolli kuchlari bunday vositaga ega emas, deydi Amerika rasmiylari. Gumon shuki, samolyotni o'qqa olganlar - rusparast bo'lginchilar.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShga noqonuniy kirib kelayotgan muhojir bolalar

AQShning janubiy chegaralarida noqonuniy muhojirlar muammosi gumanitar inqiroz sifatida baholanmoqda. Chegarani kesib o'tganlar orasida 50 mingdan ortiq voyaga yetmagan bola bor. Ular mahalliy va federal hukumat uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainada Malayziya samolyoti quladi

Boeing-777 samolyoti 280 yo'lovchi va 15 ekipaj a'zolari bilan Amsterdamdan Kuala Lumpurga uchayotgan bo'lgan. Ukraina hukumati va isyonchilar bir-birini ayblamoqda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI