Payshanba, 31-iyul, 2014 Toshkent vaqti: 00:11

Yaqin Sharq

Kurdlarning mustaqil davlat qurishdan umidi katta

Suriya kurdlari Turkiyada faoliyati taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasini himoya qilib namoyish o'tkazmoqda, Hasaka shahri, Suriya, 1-noyabr, 2012-yil.
Suriya kurdlari Turkiyada faoliyati taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasini himoya qilib namoyish o'tkazmoqda, Hasaka shahri, Suriya, 1-noyabr, 2012-yil.

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Yaqin Sharq bo’ylab davom etayotgan “Arab bahori” Iroq, Turkiya, Suriya va Eronda yashovchi kurd xalqining mustaqil davlat qurishga bo’lgan ishtiyoqini yanada alangalatmoqda. Ammo siyosiy voqelikka nazar tashlaydigan bo’lsak, bu rejaning amalga oshishi juda mushkul.


Hikmat Bamarniy AQShga 70-yillarda Iroqdan kelgan. Uning yonida o’tirgan do’stining peshonasida urushdan qolgan chandiq bor.
 
Har ikki do’st “Pashmerga” yoki “O’lim bilan olishuvchlar” deb nomlangan Kurdiston ozodligi harakatida qatnashgan sobiq jangchilar.
 
“Bir kurd sifatida, boshqalar kabi orzuimiz bor. Turk, arab, hind yoki forslar kabi mustaqil bo’lishni xohlaymiz”, - deydi Hikmat.

Bu orzu yo’lida Iroq va boshqa o’lkalarda kurd xalqi ko’p jon berdi. Yaqin Sharqda o’z davlatiga ega bo’lmagan eng katta etnik guruh sifatida kurdlar niyatiga yetish yo’lida isyonchilar madadiga tayanadi.
 
Ayniqsa, Iroq AQSh tomonidan bosib olingach hamda Yaqin Sharqda arab isyoni yuz bergach, kurdlarning siyosiy faolligi yanada oshdi.
 
Vashingtondagi AQSh mudofaa universiteti tahlilchisi Denis Nataliga ko’ra, kurdlar hozir o’z davlatini qurish imkoniyatiga har qachongidan yaqin turibdi.

“Kurdlar uchun o’zgarish va hayajonli damlar hozir. Davlatlar tuzilgan paytda yaratilgan to’siq va chegaralar o’zgaradiganga o’xshaydi”, - deydi ekspert.
 
Ayniqsa, kurdlar hozir Suriyada faol. Ular urush girdobiga tushgan mamlakat shimoli-sharqida katta hududni o’z nazoratiga olgan.
 
Shuningdek, Turkiyada ham kurdlar ilgari tasavvur etish qiyin bo’lgan huquqlarni qo’lga kiritmoqda. Eron kurdlari ham G’arb bosimi natijasida mamlakatda siyosiy o’zgarishlar bo’lishidan umidvor.
 
Iroqda Saddam Husayn rejimi qulagandan so’ng kurdlar o’z muxtor viloyatini tuzdi. Tahlilchi Natali fikriga ko’ra, Iroq kurdlari hududda nazoratni to’la o’z qo’liga olgani bilan, katta geosiyosiy muammolarga yuz tutmoqda.
 
“Iroq Kurdistoni har tomondan quruqlik bilan o’ralgan. Suvga chiqish uchun imkon yo’q. Yashab ketish uchun ochiq chegaraga hamda qo’shni o’lkalar bilan ijobiy aloqalarga ega bo’lish kerak”, - deydi u.
 
Tadqiqotchining aytishicha, qo’shni o’lkalar, ko’pincha, kurd guruhlarini bir-biriga qarshi gij-gijlatadi.
 
Sobiq harbiy, hozirda Amerika tashabbus institutida faoliyat olib borayotgan Maykl Rubin fikriga ko’ra, mustaqil Kurdiston davlatining qurilmasligiga, avvalo, kurd yetakchilarining o’zi aybdor.
 
“Yaqinda Kurdistondan qaytdim. Kurd talabalari, professorlari va ziyolilari mustaqil bo’lishga eng yaqin turgan bir paytda siyosatchilarning kelisha olmasligi bois imkoniyat yana boy berilishidan xavotirda”, - deydi Rubin.
 
Arab yoshlaridan ilhomlangan kurdlarning yangi avlodi orasida siyosiy yetakchilar ishidan norozilar tobora ko’paymoqda.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
AQShning Ukrainadagi elchisi bilan suhbati
X
30.07.2014 16:43
Ukraina sharqidagi isyonchilarni qo’llab-quvvatlashda davom etayotgani uchun AQSh Rossiyaga qarshi yangi jazo choralarini e’lon qildi. Amerikaning Ukrainadagi elchisi Jefri Payetning aytishicha, Rossiya prezidenti bundan to’g’ri xulosa chiqarib, vaziyatni yumshatish choralarini ko’rishi kerak.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Falastinlik o't o'chiruvchi G'azoning Isroil hujumiga uchragan asosiy elektr stansiyasida o'tni o'chirishga harakat qilmoqda.
  • Afg'onistonning Qandahor viloyatida xudkushlik hujumi yuz bergan joy yaqinida politsiyachilar yo'lovchilarni nazoratdan o'tkazmoqda. Hujumda prezident Hamid Karzayning yaqin qarindoshi Hashmat Karzay halok bo'lgan.
  • Kanadalik Josh Kassidi Shotlandiyada bo'lib o'tayotgan 2014-yilgi Hamdo'stlik o'yinlarida ishtirok etmoqda.
  • Shotlandiyada bo'lib o'tayotgan 2014-yilgi Hamdo'stlik o'yinlarida hindistonlik Sushil Kumar va nigeriyalik Melvin Bibo kurash tushmoqda.
  • Britaniya shahzodasi Garri Shotlandiyada bo'lib o'tayotgan 2014-yilgi Hamdo'stlik o'yinlariga uyushtirgan tashrifi chog'ida qo'lida to'p bilan o'ynamoqda.
  • Argentinadagi o'yinchoqlar fabrikasida qo'g'irchoqning sochini tarashdan oldin uning boshida suv quyilmoqda.
  • NASA observatoriyasi tomonidan olingan suratda quyosh va oy tutilishi aks etgan.
  • Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida musulmonlar eski Feruz Shoh Kotla masjidi yonida hayit namozini o'qimoqda.
  • Janubiy Koreya poytaxti Seuldagi akvariumda g'avvos o'z mahoratini namoyish etmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 29-iyul, 2014-yil

G'azoda aholini tok bilan ta'minlovchi asosiy elektr stansiyasi Isroil hujumiga uchradi. Shotlandiyada 2014-yilgi Hamdo'stlik sport o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Hayit ayyomi

Fotogalereya

Fotogalereya Tayvanda samolyot qulashi oqibatida 48 kishi halok bo'ldi

"TransAsia" havo yo'llariga qarashli samolyot yomon ob-havo tufayli Tayvanda qulab tushgan. Samolyot bortidagi 48 kishi halok bo'lgan, 10 kishi yaralangan. Halokat yerida yana besh kishi jarohatlangani aytilmoqda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI