Payshanba, 24-aprel, 2014 Toshkent vaqti: 22:18

Markaziy Osiyo

O’shda etnik hamjihatlikni targ’ib qilayotgan san’atkorlar

Matn hajmi - +
Qirg’izistonning O’sh shahridagi o’zbek akademik musiqiy drama teatrida xalqlar do’stligiga bag’ishlangan konsert o’tkazildi. Yosh qirg’iz va o’zbek san’atkorlari sahnaga chiqdi.
O'shda etnik hamjihatlikni targ'ib qilayotgan san'atkorlar/Ulug'bek Sokin
O'shda etnik hamjihatlikni targ'ib qilayotgan san'atkorlar/Ulug'bek Sokini
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

Totuvlik va hamjihatlikni targ’ib qilishda madaniyat arboblarining roli beqiyos. “Amerika Ovozi” teatr rahbari, Qirg’iziston xalq artisti Baxtiyor To’xtamatov bilan suhbatga tortdi.

“Amerik Ovozi”: Kuni-kecha teatringizda o’tgan tadbir nimaga bag’ishlangan, qanday o’tdi? Tomoshabinlar haqida so’zlab bersangiz…

To’xtamatov: Mahalliy “Intimoq” deb nomlangan teleradiokompaniya bilan birgalikda bo’lib o’tgan ushbu konsert ikki el o’rtasidagi madaniyatimizni, ma’naviyatimizni qay darajada yaqinligini nishonlovchi bir tadbir bo’ldi. Konsertda juda ko’p yosh qirg’iz-o’zbek iste’dodli ijodkorlar qatnashdi.

Bizning teatrimiz necha yillar davomida mana shu ikki xalqning o’rtasida do’stlik ko’prigi bo’lib kelgan. 2010-yilda bo’lib o’tgan voqealardan so’ng teatrimiz jamoasi ham mana shu ikki elni, qondosh-jondosh xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirish, o’rtada bo’lib o’tgan nizolarga barham berish bo’yicha bir qancha ishlarni olib bormoqda.

Shular qatorida mana “Qanishani ko’z yoshlari” deb nomlangan spektaklni qo’ydik. Qirg’izistonning bir necha shahar va tumanlarida ushbu postanovka olqishlarga sazovor bo’ldi. Bu bilan biz ikki el bir el, tilimiz, dinimiz bir, demoqchi bo’ldik. Mana shuni barcha muxlislarimizga tushuntirib kelayapmiz. Bundan tashqari xalqaro tashkilotlar yordamida turli joylar bolakaylari bilan bir yangi spektakl qo’ydik bu yerda. Bu ham o’z samarasini beryapti.

Aytish joizki, fevral oyida ikki buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning va Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kunlarini nishonlaymiz. Ularning yozgan she’rlaridan qo’shiqlar, ko’rinishlar qilib, ularning asarlaridan parchalar o’qib biz teatrimizda shu yozuvchilarga bag’ishlangan kecha o’tkazyapmiz. Bu kechaga nafaqat o’zbek millatiga mansub odamlar, balki qirg’iz, boshqa millatlarga mansub insonlar tashrif buyurgan.

Mana Bobur va Navoiy mavzusi bo’yicha ma’ruza qiladigan insonlar bor, aytaylik, filologiya fanlari nomzodi, teologiya kulliyoti dekani Aliyev Asilbek – qirg’iz tilida ma’ruza qiladi. Bu ham bo’lsa ana shu o’lkamizda yashayotgan ko’p millatlar vakillarining ikki buyuk bobokalonimizga bo’lgan hurmati va ehtiromi, deb bilaman.

“Amerika Ovozi: Xalqlarni jipslashtirish yo’lida madaniyatning roli haqida so’z yuritsak. San’at arboblari, san’at xodimlari ikki xalqni yanada yaqinlashtirishda qanday ishlar qilishi mumkin? Avvallari san’at odamlarining so’zlari aholi orasida katta ahamiyat kasb etardi…     
 
To’xtamatov: Madaniyat chegara bilmaydi, degani haqiqatda to’g’rida. Mana biz o’tgan yili Turkiyaga borib, bir qancha festivallarda qatnashib keldik, Jalol-Obodda bo’layotgan festivallarda qatnashmoqdamiz. Men o’ylaymanki, madaniyatni, ma’naviyatni sevgan odam hech qachon yomon yo’lga bormaydi. Biz madaniyat insonlari har bir narsaga real ravishda qarashimiz kerak, xolis baho berishimiz darkor.

Qachongina qalbimizda tozalik, go’zallik, bir-birimizga hurmat-e’tibor bo’lgan taqdirdagina biz bu yerda yaxshi hayot kechiramiz. Yaxshilikka undovchi, yaxshilikka yetaklovchi spektakllarni qo’yib tursak, elimiz o’ziga faqat yaxshi narsalarni olib chiqib ketadi, degan katta umidimiz bor.

“Amerika Ovozi”: Bu borada qanday amaliy qadamlar tashlash mumkin? Masalan, avvallari qirg’iz-o’zbek yozuvchilari, san’atkorlari, ijodkorlari bir-biriga borib turishardi. Aytaylik, O’shda, Andijonda adabiyot kechalari uyushtirilardi, bir-biri bilan tajriba almashilardi…  

To’xtamatov: Madaniy integratsiya juda katta narsa. Hozir, ayniqsa, O’shda yashayotgan barcha yozuvchilarga, ijod-qalam eliga bu narsa juda zarur bo’lib qoldi. Sababi - biz o’zimizning qozonimizda qaynamoqdamiz. Biz imkoni boricha mana shu yerda ijod qilayotgan qirg’iz-o’zbek yozuvchilarimiz bilan integratsiya qilib, bir-birimizni tushuna bilsakkina, elga to’g’ri tushuntira olamiz. Bu juda muhim masala.

Endi, uzoqqa bormaylikda, qo’shni viloyatlarni olsak (Andijon, Farg’ona, Namangan). Ular kelib bu yerda o’zlarini ijodini tanishtirib, maslahatlarini berib, yosh yozuvchilarimizga, dramaturglarimizga o’z fikrlarini bildirsa…

Mana Andijonda ham bir necha mingga yaqin qirg’izlar yashaydi. Qirg’iz yozuvchilarimiz u yerga borib o’z ijodilari bilan ularni tanishtirsa, yangi asarlarini taqdim etsa. Ya’ni bir so’z bilan mana’viy integratsiyada juda gap ko’p. Ellarni birlashtirishda, turli nojo’ya gaplarni yo’qotishda mana shu madaniyat xodimlari belini mahkam bog’lab harakat qilishi kerak, deb o’ylayman.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Rossiyada faoliyatini kengaytirayotgan xalqaro kompaniyalari
X
24.04.2014 02:49
Xalqaro sanksiyalardan Rossiya iqtisodiyoti yo’qotishga uchramoqda. Sarmoyadorlar o’z pullarini olib chiqib ketayotgani bois ishlab chiqarish hajmi qisqarmoqda. Ammo jazo choralariga qaramay, Rossiyada biznes faoliyatini kengaytirayotgan kompaniyalar ham bor.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Prezident Obamani Tokioda kutib olish marosimi, 24-Aprel, 2014
  • Prezident Barak Obama va Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe, 24-Aprel, 2014
  • Tokio Ilm-Fan va Innovatsiya muzeyi, 24-Aprel, 2014
  • Tokio ziyoratgohlari, 24-Aprel, 2014
  • AQShning Yaponiyadagi elchisi Kerolin Kennedi, 24-Aprel, 2014
  • Obama Yaponiyadan yana uch davlatga yo'l oladi - Janubiy Koreya, Malayziya va Filippin
  • AQShning Filippindagi elchixonasi qarshisida namoyish, 23-Aprel, 2014
  • AQShning Filippindagi elchixonasi qarshisida namoyish, 23-Aprel, 2014
Fotogalereya

Fotogalereya Xristian olami pasxani nishonladi

Nasroniy dunyosi Isoning tirilishiga bag'ishlangan diniy ayyomni nishonladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainadan suratlar

Sharqdagi to'qnashuvlarda o'lganlar, jarohat olganlar bor.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI