Breaking News

Rossiya Turkiyaga iqtisodiy sanksiyalar qo'ydi


Putin, xususan, Turkiyada ishlangan ayrim mahsulotlar importini taqiqlab, Rossiyada ishlayotgan turk bizneslari faoliyatini chekladi.
Putin, xususan, Turkiyada ishlangan ayrim mahsulotlar importini taqiqlab, Rossiyada ishlayotgan turk bizneslari faoliyatini chekladi.

Rossiya va Turkiya o'rtasida ziddiyat tobora keskin tus olmoqda.

Rossiya rahbari Vladimir Putin Turkiyani iqtisodiy sanksiyalar bilan jazoladi. U shu tariqa Turkiya-Suriya chegarasida Turkiya harbiylari tomonidan rus samolyotining urib tushirilishiga javob qaytargan. O'shanda rus uchuvchisi halok bo'lgan edi.

Putin, xususan, Turkiyada ishlangan ayrim mahsulotlar importini taqiqlab, Rossiyada ishlayotgan turk bizneslari faoliyatini chekladi.

Ayrim tahlilchilar nazarida sanksiyalar qisqa muddatli.

Ikki davlat bir-biriga juda tayanib qolgan, deydi Qodis Xos universitetida professor Ahmad Qosim Xon. Ikkisi birrov janjal qilib olgandan keyin, sanksiyalar unutiladi, deb hisoblaydi u.

Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdog'an rus jangovar samolyoti urib tushirilishi yuzasidan afsus bildirmoqda.

Turkiya suverenitetiga tahdid solinmasa, diplomatik kanallar orqali ishlashda davom etamiz. Rossiya bilan adovat kattalashib borishini xohlamaymiz, deydi Erdog'an. U, shuningdek, Parijda dushanba kungi global iqlim bo'yicha anjumanda Putin bilan yuzma-yuz ko'rishishni bot-bot taklif qildi. Putindan hali javob yo'q.

Bu orada, Turkiya marhum uchuvchining jasadini qaytarmoqda. Tashqi ishlar vaziri Ahmad Dovuto'g'lining aytishicha, mayit pravoslav an'analariga ko'ra yuvib-taralib, shanba kechqurun Suriyadan Turkiyaga yetkazilgan. Rossiya harbiy attashesi jarayonni kuzatmoqda, deydi Turkiya rasmiylari.

Su-24 rusumidagi qiruvchi samolyot o'tgan hafta urib tushirilganida unda ikki uchuvchi bo'lgan. Ikkisi ham parashyutda samolyotdan chiqib ulgurgan. Biri qochib ulgurganu, ikkinchisi isyonchilar qo'lidan halok bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG