Yakshanba, 26-oktyabr, 2014 Toshkent vaqti: 09:19

Markaziy Osiyo

Karimov xalqni qutladi, faollar chiqish rejalamoqda

Prezident Islom Karimov mustaqillik tantanalarida, 31-avgust, 2012
Prezident Islom Karimov mustaqillik tantanalarida, 31-avgust, 2012
O’zbekistonda mustaqillikning 21 yilligi nishonlamoqda. Istiqloldan oldin va uning ilk kunlaridan beri davlat tepasida qolayotgan Islom Karimov tantana kuni ulkan yutuqlar haqida axborot berdi.

An’anaga ko’ra, prezident har yili ishga tushishga hozir yangi binolar bilan tanishadi, poytaxtni ziyorat qiladi, milliy ozodlik harakati qurbonlarini xotirlaydi. Mustaqillik davri nafaqat qatag’on qurbonlari xotirasi tiklanishi, balki yangi qatag’onlar bilan, muxolif qarashlarni siqib chiqarish bilan ham kuzatildi. Mustaqil bu yurtda aksariyat aholi erkinlikdan bebahra qolayotgani ta’kidlanadi.

Islom Karimov O’zbekiston xalqini bayram bilan qutlab, baxtiyor ekanini izhor etdi.

“Ishonaman, asrlar, zamonlar o’tadi, ammo barchamizga o’zligimizni anglash, insoniy sha’nimizni, qadr-qimmat, o’z yurtimizga egalik qilish huquqini, dinimiz, qadriyatlarimizni qaytarib bergan bu ulug’ ayyom vatanimiz tarixida oltin sahifa bo’lib abadiy saqlanib qoladi”, - dedi prezident o’z chiqishida.

Mustaqillik tantanalari oldidan har yili xavfsizlik choralari kuchaytirilib, poytaxt mardikorlardan tozalanadi, tantanalar o’tayotgan shahar markazi oddiy aholi uchun mutlaqo yopib qo’yiladi. Busiz ham fuqarolar orasida mustaqillik tantanalariga qiziqish kuchli deyish qiyin.

Prezident o’z chiqishida mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi ortayotgani, O’zbekiston xalqaro hamjamiyatning to’laqonli va teng huquqli a’zosiga aylangani haqida gapirdi.

“Zamonaviy, rivojlangan, demokratik davlatlar safiga kirish, fuqarolik jamiyati qurish, iqtisodimizni modernizatsiya qilish kabi sohalarda erishgan yutuqlarimiz xalqaro maydonda e’tirof etilayotganini, vatanimiz salohiyati, intellektual kuch-qudratimiz tobora oshib, qolaversa, shahar va qishloqlarimiz tobora chiroy ochib borayotganini bugun hech kim inkor eta olmaydi”, - dedi Karimov.

Faollar fikriga ko’ra, mustaqillikning qisqa 21 yillik tarixi davomida O’zbekiston xalqaro hamjamiyatning eng repressiv a’zolaridan biri sifatida nom qozondi. Mustaqilllik bilan birga kirib kelgan erkinliklar rejim mustahkamlanishi barobarida butkul yo’qotildi. Mamlakatda so’z erkinligi, fuqarolik jamiyati tugatildi, muxolifat vakillari quvg’inga uchradi.

Bugun xorijda faoliyat yuritishga majbur muxolifat nazarida mustaqillik davrida mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat mutlaqo izdan chiqqan. O’zbekiston Xalq Harakati shu munosabat bilan tarqatgan bayonotida xalq ozod emasligi ta’kidlanadi.

“Mustaqil davlat sifatida dunyo geografiyasida, siyosatida o’z o’rnini egallagani juda muhimdir. O’zbekiston dunyoning eng zolim davlatlaridan biriga aylanib qoldi. Biz bayonotimizda shunga e’tibor qaratmoqdamiz. Erkinlik bo’lmasdan, diktatura hukmron bir sharoitda, fuqarolik jamiyatini rivojlantirmasdan, mustaqil davlat qurib bo’lmaydi“, - deydi harakat faoli Namoz Normo’min.

Karimov xalqni qutladi, xalq chiqish rejalamoqda/Malik Mansur
Karimov xalqni qutladi, xalq chiqish rejalamoqda/Malik Mansuri
|| 0:00:00
...
 
🔇
X


Xorijdagi muxolif tashkilotlardan yana biri, “Birdamlik” harakati o’ziga xos norozilik aksiyasini o’tkazish tashabbusi bilan chiqqan.
...demokratik davlatlar safiga kirish, fuqarolik jamiyati qurishda... erishgan yutuqlarimiz xalqaro maydonda e’tirof etilayotir...


“Tashkilotning faollarga, aholiga murojaati chiqdi: rejimga qarshi noroziliklarini oq libos orqali ifoda etish. Bu aksiya 10 kun davom etadi. Shaxsan men oilam, farzandlarim bilan ertadan boshlab noroziligimizni shu tariqa bildirib, ko’chaga chiqishga harakat qilamiz”, - deydi harakatning O’zbekistondagi faoli Malohat Eshonqulova.

Uningcha, oddiy aholi orasida bayram kayfiyati sezilayapti deyish qiyin.

“Odamlar mustaqillik haqida o’ylagani ham yo’q. Tirikchilik bilan ovora. Nega? Nazarimda agar mustaqillik tom ma’noda aholiga farovonlik olib kelganda edi, odamlar bajonidil, ikki qo’llab nishonlagan bo’lardi. Hozir esa asosiy tashvish tirikchilik”, - deydi u.

Milliy bog’da, tantanalarda so’zlar ekan, Karimov mustaqillik yillarida aholi turmush darajasi keskin ko’tarilgan, mamlakatdagi har uch oiladan bittasida yengil mashina bor, avval bu ko’rsatkich har 10 oiladan bittasiga to’g’ri kelgan, dedi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlarni tartiblashtirish
Izohlar
     
Fikr bildiruvchi: la E-mail adresingiz: ha
26.09.2012 13:08
Vay Karimov yuzlaringiz ham qarib 90 yashar chol bo'lip qolibsizku. Miya joyidami ishqilib? Bu qilayotgan ishlaringizdan ko'rinib turibdiki qarigansiz. O'zbekiston degan davlatni endi ish faoliyatingizni tugatib boshqa bir o'zingizga o'xshagan nafsi buzuq odamga bersangiz shu bilan tamom xalq o'ladi. O'zi o'lib bo'lgan xalq yana o'ladi. Juda qiziqadigan narsam qizlarini sendan keyin ahvoli, shuncha dushmanlaringiz poylab turibdi. Tezro kelsin o'sha kunlar xalq ozod bo'lsin Omin!


Fikr bildiruvchi: JON E-mail adresingiz: TOSHKENT
26.09.2012 12:58
Foydasi yo'q bu gaplaringizni Karimov. Shahar qishloqlar hech go'zallashmayapti, aksincha odamlar o'lib ishsizlikdan oilasini tashlab chet ellarga ketyapti. O'zingizni oilangiz ham chet eldan beri kelishmaydi. Xalq uchun hech narsa qilmayapti davlat, aksincha narxlar juda baland, pulni qadri yo'q, bo'lmagan ham. Ming la'natlar bo'lsin davlat boshida turib xalqni qonini ichayotganlarga. Prezident ko'rmayaptimi odamlari qanaqa xalqni qiynayapti. Na bir ish qila olasan, na bir firma ocha olasan, hammasi pora. Qizi chet ellarda pora olib, kayfini suryapti.


Fikr bildiruvchi: SAYYOH E-mail adresingiz: OLAM
11.09.2012 00:10
SHU O'RINDA V.I .LENINNI BIR IFODASI ESGA TUSHADI - OQ IT, QORA IT, BARIBIR IT. TEPADAN TURIB QOPAVERADI XALQ BOSHIDA. MUSTAQILLIK BILAN KIRIB KELGAN OMMAVIY MARDIKORCHIILIK, TIRIKCHILIK DARDIDA YURGAN, SOMALILIK QOCHQINLARNI ESLATADI. ODAMNI KUCHGA TO'LGAN BOLASI CHETGA MARDIKORLIKKA, BUNDAN ORTIQ HAQORAT BORMI MILLATGA!!!

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Sonora sahrosi - AQSh-Meksika chegarasida - Water for Migrantsi
X
24.10.2014 23:59
Sonora dashti Shimoliy Amerikadagi eng issiq joylardan. Shunga qaramay Meksikadan chegarani kesib o’tmoqchi bo’lganlar ko’p hollarda aynan shu yerni tanlaydi. Safarga chiqqanlar orasida chanqoqlikdan nobud bo’lganlar kam emas. Bir mahalliy tashkilot suv ulasha boshlagan.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Kobani

  • Kobani

  • Turkiya-Suriya chegarasida

  • Bag'dod

  • Kanadalik askarlar Iroqqa yo'l olayapti.

Fotogalereya

Fotogalereya Suriya va Iroq

G'arb qo'llab-quvvatlovini olgan kurd jangchilari Turkiya orqali Suriyaga 1300 safdoshini jo'natishga hozirlik ko'rayapti. Iroqda va Suriyada janglar davom etmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Turkiya kurdlari qo'shni davlatdagi urushda o'lgan elatdoshlariga motam tutmoqda

Suriyaning Kobani shahri bir necha kundan beri jang maydoni. "Islomiy davlat" bilan qonli urush ketmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kanada parlamentida otishma, Ottavadan suratlar

Kanada poytaxtida urush qahramonlariga qo'yilgan yodgorlik oldida turgan askar otib ketilgan. Bu inshoot yaqinidagi parlament binosi ham xavf ostida degan ogohlantirishdan keyin evakuatsiya ishlari boshlangan. Harbiy soqchini nishonga olgan shaxs parlament tomon qochdi, deydi guvohlar. Imoratdan o'q ovozlari eshitilgan. Askarni otgan odam politsiya o'qidan o'lgan. Yaralangan askar ham kasalxonada jon bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Joko Vidodo, Indoneziya prezidenti qasamyod keltirdi

Indoneziyaning yangi rahbari, armiya yoki siyosiy elitaga aloqasi bo'lmagan, oddiy xalqdan chiqqan Joko Vidodo qasamyod keltirdi. 53 yoshli arbobni fuqaro Jokovi deb biladi, o'tmishda uy jihozlari sotib kun ko'rgan. Jakarta meri lavozimida islohotchi sifatida tanilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobanida janglar davom etmoqda - 20-oktabr, 2014-yil

Suriyaning Turkiya chegarasi yaqinidagi Kobani shahrida kurdlar va "Islomiy davlat" jangarilari o'rtasida kurash davom etmoqda. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'lining aytishicha, Iroq kurdlarining "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda Suriya kurdlariga ko'mak berish uchun Turkiya orqali chegarani kesib o'tishiga ruxsat berilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Gonkongda minglab namoyishchilar politsiya bilan yuzma-yuz, tarqalmoqchi emas

Bu yoshlar Gonkongda demokratik saylovlar talab qilmoqda. Pekin siyosatini qoralab, rahbarni mahalliy xalqning o'zi tanlashi shart, deydi ular. Talabalar chodirlar qurib olgan, shu yerda tunashayapti. Maqsad tinchlik, deydi ular, "hukumat bizning dardimizni eshitsin". Pekin nazarida ularning talabi asossiz.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani uchun janglar davom etmoqda

Suriyaning Kobani shahrida "Islomiy davlat" va kurd jangchilari o'rtasida qonli janglar davom etmoqda. Tinch aholining katta qismi qo'shni Turkiyaga qochib o'tgan.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShda Ebola bilan xastalanganlar soni ikkitaga yetdi

O'tgan hafta AQShning Texas shtati kasalxonasida bir bemor Ebola virusidan vafot etgan edi. Unga qaragan ikki hamshira ham virusni yuqtirgani aniqlandi. Ayni paytda dunyo bo'ylab kasallikka qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani shahri uchun janglar avjida, Suriya

Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh Kobani shahri "Islomiy davlat" bilan olishmoqda. Amerika havo hujumlari orqali kurd jangchilariga ko'maklashmoqda. Turkiya bu urushga aralashmoqchi emas, lekin "Islomiy davlat" ga qarshi AQSh boshliq xalqaro koalitsiyaga kirgan.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI