Breaking News

Afg'onistonga qarshi AQSh strategiyasi o'zini oqlayaptimi?


AQSh Prezidenti Donald Tramp Afg’onistonga nisbatan yangi strategiyani joriy qilganiga bir yil to’ldi. Afg’onistonga AQSh qo’shinlari kiritilganiga 17 yil bo’ldi. O’tgan bir yil eng daxshatli to’qnashuvlar yuz bergan davr sifatida tarixga kirdi. Zo’ravonliklar ortgan. Biroq tinchlik jarayonlari tomon umidvor siljishlar kuzatilmoqda.

Tramp Afg’onistonga qarshi strategiyada “dramatik” o’zgarish bo’lishini aytgan edi. Bir yilda jiddiy o’zgarish sezilmadi.

Tolibon shaharlarga yirik masshtabli hujumlar uyushtirmoqda. Ayrim hududlarni nazorat qilmoqda. Joriy oyda G’azni shahrini ham egalladi.

Asosan havo hujumlari natijasida isyonchilar tez ortga chekindi.

Natija doimgiday: vayronalar, o’limlar va yongan binolar.

Rasmiylar xurujlardan ko’ra yutuqlardan gapirishga zo’r bermoqda.

“Dushmanlar G’aznida maqsad qilingan olti obyektning birortasini ham egallay olmadi. Bu matbuot e’tiborini qozonish uchun axborot operatsiyasi edi. Natija muvaffaqqiyatli bo’ldi”, - deydi AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattis.

Biroq raqamlar aksincha.

2017-yil mayida Tolibon Afg’onistonning 16 foizini nazorat qilar edi. Bir yil o’tib, bu ko’rsatkich 19 foiz.

Rasmiylarga ko’ra, urushda yutuqlar hudud qamrovi bilan o’lchanmaydi. Odamlar ongini egallashni hisobga olish kerak. Afsuski, bu borada ham ko’rsatkichlar ijobiy emas.

Isyonchilar aholining to’qqiz foiziga ta’sir ko’rsatgan. Bu yilgi ko’rsatkich – 12 foiz. Chorak qismi tortishuvli hududlarda yashaydi.

Bombardimon kampaniyasi ish bermayapti.

AQSh boshchiligidagi koalitsiya Afg’onistonga o’tgan yillardagidan ko’proq bomba tashlashni rejalashtirmoqda.

Xurujlar bilan birga tinchlik tomon siljishlar ham bor. AQSh va Tolibon so’nggi yeti yilda ilk bor to’g’ridan-to’g’ri muzokaralar olib borgan.

“Otishmalarni to’xtatish va tinchlik muzokaralari tomon katta qadam tashlanganini ko’rdik, biroq ana shu voqealar va Janubiy Osiyo strategiyasi o’rtasida chiziq tortib bo’lmaydi, Oq uy uni joriy qilib bo’lgan”, - deydi siyosiy tadqiqotchi Rebekka Zimmermen.

“Menimcha, bunga umid va reallik o’rtasidagi masofa sabab. Biz strategiyaning muvaffaqqiyati haqida gapirar ekanmiz, bir yilda urushda g’olib bo’lishni nazarda tutamiz”, - deydi u.

Prezidentning sabri tugasachi, keyin nima bo’ladi?

Milliarder Erik Prins “Afg’oniston muammosining samaraliroq yechimi” videosini yaratib, ommaviy so’rovlar vositasida Tarmpdan urushni xususiylashtirishni so’ramoqda.

AQSh rasmiylari NBC axborotini tasdiqlamadi. Chunki Trampda yangi g’oyalarga moyillik kuchli.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG