Breaking News

Bayden-Tramp dueli: Kim Isroilni kuchliroq dastaklaydi?


Yaqin Sharqda nizolar avj olar ekan, AQSh saylovchilari prezidentlikka nomzodlardan kim Isroilni kuchliroq dastaklashiga e’tibor qaratmoqda.

Amaldagi rahbar Jo Bayden Eron hujumlarida Isroilni himoya qildi. Iroq bosh vaziri bilan uchrashuvda AQSh Isroilni dastaklash ahdida qat’iy ekanini aytdi.

Xalqaro hayot - 17-aprel, 2024-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:58 0:00

“AQSh Isroil xavfsizligini ta’minlash ahdida qat’iy. Biz sulh tuzish, garovdagilarni ozod etish, nizolar hududining kengaymasligi tarafdorimiz. Shuningdek, o’z odamlarimiz va mintaqadagi hamkorlarimiz, xususan, Iroq xavfsizligini istaymiz”, - dedi Bayden.

Prezident ikki o’t orasida: bir tomon garovdagilarni ozod etish uchun dadil kurashishni, boshqa tomon Isroilning G’azoga hujumlariga keskin javob berishni so’ramoqda.

Raqibi Donald Tramp prezident bo’lganimda Yaqin Sharqda aslo urush bo’lmagan bo’lar edi, deydiyu, biroq buni qanday eplashini aytmaydi.

“Xudo Isroil xalqini asrasin, ularga hujum bo’lmoqda. Chunki Amerika zaiflik qildi. Bunga aql bovar qilmaydi. Agar men prezident bo’lganimda bunday bo’lmagan bo’lar edi. Buni siz va barcha yaxshi biladi”, - deydi Tramp.

Trampning saylovoldi kampaniyasi Baydenni Isroil bo’yicha zaif rahbar sifatida ko’rsatishga urinmoqda. Respublikachi qonunchilar va Vakillar palatasi spikeri ham shu harakatda.

“Jo Bayden aksil-isroil prezidentga aylandi. Buni boshqacha atab bo’lmaydi. U o’z tarafdorlarini tarixiy ittifoqchimiz tarafida bo’lish bilan emas, antisemitizm bilan yupatmoqchi”, - deydi spiker Mayk Jonson.

Michigan shtatidan saylovchi Kerol Plisner Bayden Isroilni dastaklashda davom etishi lozimligini aytadi.

“Baydenning quvvatlovi avvaliga samarali edi deb o’ylayman. Vaqt o’tishi bilan uning pozitsiyasi savol ostida. Dunyo bo’ylab demokratiyaning yetakchi himoyachisi bo’lgan AQSh Isroilni xurmat qilishi va himoya qilishi kerak”, - deydi u.

Saylovchi Muhammad Mavriyga ko’ra, Isroilni dastaklagani uchun Baydendan voz kechish kerak.

“Bayden fojia sababchilariga sherik. Odamlar olisdagi urush bizga ta’sir qilmaydi deydi, biroq Isroilga xalq puli ketmoqda”, - deydi u.

So’nggi so’rovlarga ko’ra, 20 foiz saylovchi Bayden muvozanatni to’g’ri saqlamoqda deb hisoblaydi. 20 foiz saylovchi prezidentni Isroil tarafida, 16 foizi esa Falastin tarafida ko’rmoqda. Saylovchilarning katta qismi esa Bayden vaziyatni qanday boshqarayotganini bilmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG