Turkmaniston prezidenti o'rmon barpo etishni buyurdi


Turkmaniston prezidenti Saparmurot Niyozov 14 mart kuni vazirlari bilan uchrashar ekan, ularga mamlakat iqlimini o’zgartirish uchun o’rmon barpo etishni buyurdi.

Ilk o’rmon Ashgabat yaqinida yaratilib, eniga 20 km va uzunligi 50 km ni tashkil etadi.

“Archa daraxti ming yil umr ko’radi va birinchi o’rmonga “Mingyillik O’rmon” deb nom beramiz”, -dedi Niyozov.

Prezident bu ishga har bir vazirlik hissa qo’shishi lozimligini bildirib, o’rmon 2015 yilga qadar qad rostlashi kerakligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Niyozov Qoraqum cho’llarida sun’iy ko’l va muz saroyini yaratishni ham buyurgan.

Markaziy Osiyoga oid boshqa xabarlar: 15 mart

Janubiy Koreya- Janubiy Koreya hukumati bu yili 105 ming xorijiy ishchini mamlakatga taklif etishni rejalashtirmoqda. Ishchilar asosan 10 mamlakatdan kelib, taklif Koreyaning kichik va o’rta biznesida ishchi kuchi taqchilligini bartaraf etishga qaratilgan.

Aytish joizki, bu yilgi xorijiy ishchilar soni o’tgan yilga qaraganda 11mingga qisqartirilgan, va ular Tayland, Vyetnam, Fillipin orollari, Mongoliya, Shri Lanka, Pokiston, Indonesia, Xitoy, Kombodjiya va O’zbekistondan kelmoqdalar.

Koreyada har yili xorijiy ischi kuchiga talab katta bo’lib, hukumat qonun asosida ishga yollash tizimini ishlab chiqqan. Unga ko’ra, ischilardan sanoat birlashmalarida maxsus tayyorgarlikdan o’tish, va Koreya madaniyati va tilini o’rganish talab qilinadi. Mazkur tizim Koreayada uch yilgacha ishlash huquqini berib, noqonuniy ischilarga qarshi kurashda ham yordam beradi.

XS
SM
MD
LG